AQSH prezidenti Jo Bayden HAMAS va Isroil o‘rtasida muhokama qilinayotgan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi.
Xabarda aytilishicha, kelishuv 6 hafta davomida o‘t ochishni to‘xtatishni, G‘azo sektorining barcha aholi punktlaridan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni nazarda tutadi.
Amerika rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bosqichda kelishuv doimiy o‘t ochishni to‘xtatishga, uchinchisida esa G‘azo sektorini qayta tiklashga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi vaziyat 2023-yil 7-oktyabr kuni G‘azo sektoridan HAMAS jangchilarining Isroil hududiga kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari aholisining o‘ldirilishi va 200 dan ortiq kishining garovga olinishidan keyin keskin yomonlashdi.
Isroil tomoni bunga javoban, hozirgacha davom etayotgan “Temir qilichlar” operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Izoh (0)