“O‘zgidromet” 22-may, payshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 15-18 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi, ayrim joylarda baʼzida shamol 22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi, ayrim joylarda baʼzida shamol 22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi, ayrim joylarda baʼzida shamol 22 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi, chang-to‘zon bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarila boshlagandi. Prognozlarga ko‘ta, ish haftasining oxiriga kelib, salqin havoning yana bir qismi kirib kelishi hisobiga harorat 30-32 darajagacha pasayadi.
Izoh (0)