AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning fikricha, Ukraina AQSHning 61 milliard dollarlik harbiy yordami evaziga 2025-yilda Rossiyaga qarshi hujumni boshlashi mumkin. Bu haqda Financial Times (FT) xabar berdi.
5-aprel kuni Vashingtonda nashrning FT Weekend festivalida so‘zga chiqqan Sallivan, aprel oyida AQSH tomonidan tasdiqlangan yangi moliyalashtirish paketiga qaramay, Rossiyaning jang maydonidagi yutuqlari yaqin kelajakda davom etishini tan olgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashingtonning yangi yordami tufayli Kiyev 2024-yil davomida o‘z mudofaasini ushlab, Rossiya hujumlariga qarshi tura oladi.
2025-yilda Ukraina rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududni qaytarib olish uchun oldinga siljish niyatida, — deya ta’kidlagan Sallivan.
Nashrga ko‘ra, Ukrainaning 2025-yilda oldinga siljishi Kongressdan ko‘proq mablag‘ ajratilishi va Oq uyning roziligiga bog‘liq bo‘ladi.
Biroq, mojaroni muzokaralar yo‘li bilan tezda tugatishga va’da bergan Donald Tramp g‘alaba qozonsa, keyingi qo‘llab-quvvatlash xavf ostida bo‘lishi mumkin, — deb yozadi FT.
Izoh (0)