Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida 5-may kuni soat 14:00 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti avtomashinasini boshqarib kelib, tumanning “Terakzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4N 1584 avtomobil yo‘lining 6-kilometrida o‘zidan oldinda bir yo‘nalishda harakatlanayotgan va yo‘lning chap tomonida joylashgan ko‘chaga burilayotgan 1996-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Malibu avtomashinasi bilan to‘qnashadi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida Lacetti avtomashinasida vafot etganlar bor. YTH oqibatida necha kishi vafot etgani ochiqlanmagan.
Izoh (0)