AQSHning Massachusets shtati Rokport shahrida qizilishton 25 dan ortiq transport vositasiga zarar yetkazdi. Bu haqda UPI xabar berdi.

Rokportda yashovchi Janelle Favaloro qushni avtomobilga zarba berayotganda suratga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Mahallamizda vandallar paydo bo‘ldi. Ular 18 dan 24 dyuymgacha bo‘lgan uzunlikda, qora va oq ranglarda, qizil bosh kiyimda edi, dedi Favaloro.
Favalaro qush kamida 25 ta avtomobilga zarar yetkazganini aytgan. Asosan, zarar ko‘rgan joylar yon oynalar va derazalar bo‘lgan.
Ba’zi aholi vakillari avtomobil oynalarini plastik o‘ram yoki qoplama bilan himoya qilishni boshlagan.
U oynaga qo‘nganida, sevgan qizim oynaga uryapti deb o‘yladim, deydi yana bir mahalliy aholi vakili.
Braun universitetining direktori Mettyu Fuksjager qushning bunday xatti-harakatini uning hozirgi juftlashish mavsumi bilan bog‘lash mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi erkak qushlar o‘z hududlarini qattiq himoya qilishlari bilan mashhur.
Qizilishton o‘z aksini ko‘rganda uni raqib deb o‘ylaydi va hujumga o‘tadi.
Izoh (0)