Toshkent shahar Chilonzor tumanida 1 yoshli qizaloq daraxt bosib qolishi oqibatida halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Baxtsiz hodisa 3-may kuni soat 11:50 larda Chilonzor tumani, 5-mavze, 16-uy oldida sodir bo‘lgan. Daraxt yiqilishi natijasida shu yerdan o‘tib ketayotgan enaga 1969-yilda tug‘ilgan M.Y. tomonidan bolalar aravachasida (kolyaska) olib ketilayotgan 2023-yilda tug‘ilgan qizaloqni daraxt bosib qolgan va u hodisa joyida vafot etgan.
Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 3-qismi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tekshirishda suv quvurlarini taʼmirlash ishlarini amalga oshirayotgan ishchilar xavfsizlik choralariga rioya qilmasdan, maxsus texnika yordamida qazish ishlarini olib borishlari oqibatida bir tup daraxtning ildizi ochilgani va o‘z vaznini ko‘tara olmay yiqilgani aniqlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)