Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarolarining 5 yoshli bolasi yettinchi qavatdan tushib ketdi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar qildi.
Qayd etilishicha, bola deraza tokchasiga chiqib olib, ochiq qolgan oynadan pastga tushib ketgan. Voqea guvohlari yerda qonga belanib yotgan bolani ko‘rib, tez yordam chaqirgan. Besh yoshli jabrlanuvchi balandlikdan yiqilish jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan.
Ichki ishlar vazirligi bolaning ota-onasi — 23 va 37 yoshli O‘zbekiston fuqarolarini topib, suhbatlashgan. Ular shu kuni (Moskva vaqti bilan) soat 8:00 da ishga ketib, farzandini uyda yolg‘iz qoldirganini, vaqti-vaqti bilan boladan telefon orqali xabar olib turganini aytishgan.
Shifokorlarning urinishlariga qaramay, bola kasalxonada vafot etgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)