• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.13
    • RUB161.07
    • EUR14542.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +18°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin O‘zbekiston—Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisida ishtirok etdi

    Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin raisligida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Taʼkidlash joizki, bu platforma olti yil avval ikki davlat rahbarlari tomonidan ishga tushirilgan bo‘lib, qo‘shma Hududlararo hamkorlik forumi shaklida faoliyat yuritgan.

    Hududlararo hamkorlikning jadal surʼati, o‘zaro investitsiyalarning yuqori dinamikasi, qo‘shma loyihalar soni, shuningdek, hamkorlik sohalarini kengaytirish uchun katta salohiyatni hisobga olib, forum maqomini oshirish va uni prezidentlar raisligidagi O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashiga aylantirishga qaror qilindi.

    Kengash majlisini ochar ekan, davlatimiz rahbari prezident Vladimir Putin va Rossiya delegatsiyasi vakillarini, jumladan, 30 ga yaqin hudud rahbarlari va 300 nafar yetakchi sanoat korxonalari va biznes vakillarini samimiy qutladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Bunday hamkorlik yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi, O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi uzoq muddatli sheriklikni kengaytirishga xizmat qiladi, – deb taʼkidladi prezident.

    Bugungi oliy darajadagi muzokaralar samarali natijalar bilan yakunlangani, ikki davlat va xalqlar manfaatlari yo‘lida keng qamrovli sheriklikni kengaytirish va mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni ko‘rsatgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Yil boshidan beri barcha darajadagi, jumladan, ikki davlat hududlari o‘rtasidagi aloqalarning faollashgani alohida taʼkidlandi. Birgina o‘tgan haftada O‘zbekiston viloyatlari delegatsiyalari Rossiyadagi sherik hududlarga tashrif buyurdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Shu maʼnoda, hududlararo muloqotni yanada rivojlantirish va uni yangi amaliy mazmun bilan boyitishga alohida ahamiyat berilmoqda.

    Bugungi kunda hududlar darajasida 4 milliard dollarlik 200 dan ortiq qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda. Kengash majlisi doirasida 5 milliard dollarlik yangi shartnomalar to‘plami tayyorlangan.

    Oliy darajadagi muzokaralar davomida tovar ayirboshlash hajmini yaqin yillarda 30 milliard dollarga yetkazish va kelasi yili 10 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirish bo‘yicha yangi maqsadlar belgilab olingani mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Maqsadlarga erishishning asosiy harakatlantiruvchi kuchi aynan ikki davlat hududlari bo‘lishi lozimligini taʼkidlagan davlatimiz rahbari hamkorlikning qator ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

    Avvalo o‘zaro savdoni ko‘paytirish. So‘nggi 7 yil ichida O‘zbekistonning Rossiya bilan tovar ayirboshlash hajmi 2,5 barobarga o‘sdi. O‘zaro yetkazib berish tarkibi, eng avvalo, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar hisobiga sifat jihatidan yaxshilandi.

    Asosiy hamkorlar qatorida Moskva va Sankt-Peterburg shaharlari, Tatariston, Moskva, Leningrad, Novosibirsk, Astraxan, Ivanovo, Chelyabinsk viloyatlari, Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari, Boshqirdiston va boshqalar bor.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Kooperatsiya va import o‘rnini bosish loyihalarini oshirish hisobiga tovar ayirboshlash hajmini ko‘paytirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari qabul qilindi, bu jarayonga hududlar faol jalb qilinadi.

    Savdo va kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyada O‘zbekistonning to‘laqonli savdo vakolatxonasi ochiladi.

    Investitsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlik surʼati yuqori baholandi. O‘zbekistonda uch mingdan ortiq Rossiya kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Energetika, kimyo va neft-kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, logistika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda loyihalar amalga oshirilmoqda. Toshkent viloyatida tataristonlik hamkorlar bilan birga ishga tushirilgan “Ximgrad” sanoat zonasi kengaytirilmoqda, Jizzax viloyatida uning filiali barpo qilinmoqda.

    Qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli 45 milliard dollardan oshgan. Bugungi sammit doirasida kooperatsiyaning yangi loyihalari bo‘yicha 20 milliard dollarlik kelishuvlarga erishildi, shundan chorak qismi hududlar hissasiga to‘g‘ri keladi, – dedi davlatimiz rahbari.

    Rossiya hududlarining yetakchi korxonalari bilan kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun yangi qo‘shma sanoat zonalarini tashkil etish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni kengaytirish ustuvor yo‘nalish sifatida ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston hududlarida agrologistika markazlari tarmog‘ini kengaytirish ishlarini davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.

    Hududlarga Rossiyada ulgurji-taqsimlash markazlarini rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini birgalikda yetishtirib, keyinchalik yurtimizga yetkazib berish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Davlatimiz rahbari hududiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish instrumentlarini rivojlantirishning ahamiyatini qayd etib, qo‘shma Investitsiya platformasi ish boshlashini eʼlon qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. O‘zbekistonda Rossiya yetakchi universitetlarining 14 filiali tashkil etilgan bo‘lib, Toshkentdagi Moskva va Sankt-Peterburg davlat universitetlari, Olmaliqdagi MISIS Fan va texnologiyalar universiteti, Jizzaxdagi Qozon federal universiteti va boshqalar shular jumlasidan.

    Tashrif davomida mamlakatimizda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti va Butunrossiya tashqi savdo akademiyasi filiallarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Madaniy hamkorlik bo‘yicha uch yillik dastur qabul qilindi.

    O‘zbekiston Prezidenti turizm almashinuvini kengaytirish muhimligini taʼkidladi. So‘nggi bir necha yilda rossiyalik turistlar soni 5 barobarga oshdi. O‘zbekiston va Rossiyaning barcha yirik shaharlari muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘langan.

    Davlatimiz rahbari O‘zbekiston va Rossiyaning tarixiy shaharlariga turistik yo‘nalishlar va sayohatlarni rivojlantirish bo‘yicha yangi qo‘shma dasturlarni qabul qilishni taklif etdi.

    O‘z navbatida, Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin mamlakatimiz bilan ko‘p qirrali munosabatlarning rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarni yuqori baholab, Rossiya va O‘zbekiston hududlari o‘rtasidagi mavjud ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashning muhim ahamiyatini taʼkidladi. Ishbilarmon doira vakillarini qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

    Majlis doirasida bir qator yangi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshlangani eʼlon qilindi.

    Umuman, kengash doirasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hududlararo hamkorlik hujjatlari va bitimlar to‘plami imzolandi.

    27.05.2024, 22:05   Izoh (0)   6819
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin huzurida imzolangan hujjatlar e’lon qilindi

    27.05.2024, 18:17

    Foto: Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin birgalikda daraxt ekdi

    27.05.2024, 19:12

    O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari Toshkentdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

    27.05.2024, 20:55

    Endilikda ta‘lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi

    27.05.2024, 21:20

    Bo‘stonliqda Gentra to‘liq yonib ketdi (video) 

    27.05.2024, 20:15

    Andijonda Onix urib yuborgan Labo ag‘darilib ketdi (video)

    27.05.2024, 19:57
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saida Mirziyoyeva Rossiya hukumati raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:31

    “Daryo” dayjesti: 29-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 29 may, 23:25

    Saida Mirziyoyeva Rossiya Federal Majlisi Federatsiya Kengashi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

    O‘zbekiston | 29 may, 23:10

    Kongressmen Trampdan investorlar uchun tashkil etilgan kechki ovqat tafsilotlarini oshkor qilishni talab qildi

    Dunyo | 29 may, 22:53

    Massimiliano Allegri “Milan” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 29 may, 22:38

    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi

    Reklama | 29 may, 21:00

    Isroil G‘azodagi asirlarni ozod qilish bo‘yicha AQSHning yangi taklifini qabul qildi. HAMAS esa jim

    Dunyo | 29 may, 22:10

    Sirdaryoda sevgan yigitini o‘ldirmoqchi bo‘lgan qiz 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 29 may, 21:57

    “Rossiya va Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bir-biriga turli talablar qo‘ymoqda” — Turkiya tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 29 may, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.