Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi general-leytenant Abdusalom Azizov o‘z lavozimidan ozod etildi.
Abdusalom Azizov (1960-yilda tug‘ilgan) 2019-yil fevralidan buyon Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha u 2017-yilning sentyabridan Mudofaa vazirligini boshqarib kelgan.
2002-2006-yillarda “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi bo‘lgan.
2006-yil sentyabridan 2008-yil noyabrigacha “O‘zneftmahsulot” korxonasini (“O‘zbekneftgaz” sho‘ba korxonasi) boshqargan.
2008-yilning noyabr oyida u Ichki ishlar vazirligiga qaytib, o‘sha yilning noyabr-dekabr oylarida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, 2008-yilning dekabridan 2009-yilning dekabriga qadar — Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2009-2017-yillarda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Mavjud maʼlumotlarga ko‘ra, ishdan bo‘shatish Prezident maʼmuriyati axborot bo‘limi sobiq rahbari Komil Allamjonovga suiqasd uyushtirilgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)