• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    Sud avvalida sudlov hay’ati va prokuror pichirlashdi: Oliy sudda antiqa holat kuzatildi

    Oliy sudning Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati sud boshlanishidan avval prokuror bilan yashirin suhbat qurdi. Taxminan 15 daqiqa davom etgan suhbat taraflarni tashqarida qoldirgan holda amalga oshirilgach, javobgar va uning advokati bunga e’tiroz bildirdi. Va sudlov hay’atidan izoh talab qildi. Bu haqda mazkur jarayonni kuzatgan “Daryo” jurnalisti xabar berdi. 

    Foto: “Daryo”

    “Daryo”da Qashqadaryo viloyatining Nishon tumanida faoliyat yurituvchi fermer MIBning tuman bo‘limidan haydov traktorini 49 kun noqonuniy tarzda ushlab turib, fermerning mavsumda daromad olishiga to‘sqinlik qilgani uchun 355 million so‘m boy berilgan zararni undirishga kirishgani hikoya qilingandi. Mazkur ishni ko‘rib chiqqan quyi instansiya — Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudi 2024-yil 5-fevraldagi hal qiluv qarori bilan fermer iddaosini haqli deb topdi va MIBning Nishon tuman bo‘limidan fermer xo‘jaligi foydasiga 355 million so‘m kompensatsiya undirish kerak degan to‘xtamga keldi. Keyinchalik yuqori turuvchi instansiya — Qashqadaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi mazkur qarorni bekor qilib, fermerning da’vo talabini rad etgan. 

    Samarqand viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati esa mazkur ishni taftish tartibida ko‘rib chiqib, 2024-yil 1-avgustdagi qarori bilan Qarshi tumanlararo iqtisodiy sudining 2024-yil 5-fevraldagi hal qiluv qarori va Qashqadaryo viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 18-apreldagi qarorini bekor qildi. Fermerning da’vo talabini qisman qanoatlantirib, boy berilgan sof foyda 355 million so‘m emas, 44 million so‘m deb topib, yangi qaror qabul qilgandi. 

    Bosh prokuror o‘rinbosari MIBning fermerga 44 million so‘m to‘lashini adolatsiz deya baholagan shekilli Samarqand viloyat sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati qaroriga protest kiritgan. Ish shu tariqa Oliy sudga yetib kelgan. Oliy sudning Rustamov raisligidagi sudya Ergashov va Tirkashovlardan iborat tarkibi esa sud boshlanishidan avval taraflarda sudning odilligiga, shaffofligiga shubha uyg‘otib qo‘ydi. 

    Sudyalar oliy kengashining 2024-yil 15-maydagi 1903-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudyalar odobi kodeksi”ning 2-moddasida sudyaning xulq-atvoriga doir umumiy talablar haqida so‘z borib, “Sudya odob va axloqning umume’tirof etilgan qoidalariga amal qilishi, har qanday vaziyatda haqiqatparvar bo‘lishi, sud hokimiyatining nufuzini tushiradigan va sudyaning obro‘-e’tiboriga putur yetkazadigan yoki uning xolisligi, mustaqilligi va beg‘arazligiga shubha tug‘dirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan o‘zini tiyishi shart”, deyilgan. 

    Ashurali Boltayev.
    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryolik fermer va uning advokati sudlov hay’atining xatti-harakatidan norozi bo‘lib, Oliy sud raisiga shikoyat ham yozdi.

    Foto: Skrinshot
    Sud majlisiga kirish chog‘imizda sudlov hay’ati sudyalari oldiga biz bilan bir joyda sud majlisi boshlanishini kutib turgan Bosh prokuratura prokurori Qurbonova (protest asosida sudda qatnashuvchi) sud boshlanmasdan oldin kirib, 15 daqiqa mobaynida bizning ish bo‘yicha “muhim” masalani muhokama qildi. Bu paytda sudya yordamchisi Norqulov bizdan ichkariga kirmay turishni prokuror va sudyalar gaplashib olishini ta’kidlab, sud zaliga kiritmadi.
    Sud boshlangach, yuqoridagi holat bo‘yicha advokatim sudlov hay’atidan bunga izoh so‘radi. Sudlov hay’ati sudyalari esa bunga bir og‘iz ham izoh berolmadi. Bizda bu suhbat mazkur ishning natijasiga salbiy ta’sir qiladi degan qo‘rquv uyg‘otdi. Shubha va gumon qilishimizga sabab bo‘lmoqda, deydi fermer bu haqda Oliy sud raisiga shikoyat qilar ekan. 
    Foto: “Daryo”

    Sudlov hay’ati majlisni “Daryo” jurnalistining sud majlisini foto va videotasvirga olishga ruxsat so‘ralgan iltimosnomasini muhokama qilish, shuningdek, sudda sababsiz ishtirok etmayotgan MIB vakillarining bu haqdagi fikrini bilish uchun boshqa kunga qoldirdi.

    28.11.2024, 13:05   Izoh (0)   20517
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #sud#sudya#Oliy sud#fermer#Qashqadaryo#traktor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Garnacho o‘z xizmatlarini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 25 may, 08:12

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.