• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl

    Samolyotlarni yaxshi ko‘rgan bolakay qanday qilib dunyo tan olgan animatorga aylandi — buyuk yapon rejissori Hayao Miyazaki hikoyasi

    Anime mavzusi haqida gap ketganda Hayao Miyazaki ijodiga nazar tashlamaslikning iloji yo‘q: u animelaridagi ranglar uyg‘unligi, nozik did bilan tanlangan musiqa, sehrli olami bilan butun dunyoga tanilgan buyuk rejissyordir. Miyazakining multfilmlari bir qarashda bolalarga atalgandek tuyulishi mumkin, lekin ular nafaqat ajoyibligi, balki kattalarni ham o‘ziga tortadigan chuqur ma’noga ega ekani uchun sevib tomosha qilinadi.

    Yaponiyaning milliy ramzi va butun dunyo tan olgan daho

    Miyazaki — Yaponiyada ham, dunyoda ham olamshumul mashhurlikka erishgan animator. Ehtimol, rejissyorning ishi an’anaviy yapon motivlarini global mavzular bilan mohirona uyg‘unlashtira olgani uchun ham nafaqat yaponlarga, balki boshqa mamlakatlar tomoshabinlariga ham tushunarli va ko‘ngilga yaqin bo‘lgandir.

    Miyazaki studiyasida ishlab chiqarilgan birinchi film — “Laputa-samoviy qal’a” (1986) unga moliyaviy muvaffaqiyat va tomoshabinlar muhabbatini olib keldi. “Ruhlar olami” (2001) animesi esa yapon kinosi tarixidagi eng yuqori daromad keltirgan film bo‘ldi – u deyarli 380 million dollar yig‘di. Bu film, shuningdek, BBC talqiniga ko‘ra, barcha davrlarning 100 ta eng yaxshi xorijiy filmlari ro‘yxatiga kirgan yagona anime film hisoblanadi.

    1985-yilda Hayao Miyazaki va Isao Takahata shaxsiy studiya — Studio Ghibli’ga asos solishgan. Studiyaning ko‘plab filmlari Animage Gran-pri mukofotiga sazovor bo‘lgan. Studiya nomi Miyazaki tomonidan tanlangan bo‘lib, arabcha “issiq cho‘l shamoli” (قبلي, ghiblī) degan ma’noni anglatadi.

    Hozirda Tokioda Miyazaki ijodi va umuman olganda, animatsiyaga bag‘ishlangan Studio Ghibli’ning butun boshli muzeyi mavjud.

    Muzey anime tarixi haqida hikoya qiladi, studiyaning mashhur filmlarining kadrorti jarayonlari tasvirlangan va muzey uchun maxsus tayyorlangan qisqa metrajli filmlarni kun bo‘yi namoyish etadi. Muzeyda yozuvchining mashhur asarlari uslubida yaratilgan bolalar uchun maxsus xona ham mavjud: bu yerda hatto “Totoro”dagi mushuk-avtobus ham bor.

    Miyazaki Yaponiyadan boshqa mamlakatlarda ham juda mashhur. Uning ijodi ko‘plab G‘arb yulduzlari tomonidan yuqori baholanadi. Masalan, Ilon Mask “Malika Mononoke”ni yaxshi ko‘rishini, boshqa yulduzlar — Uill Smit, Kanye Uest, Robert Pattinson, Robin Uilyams, Kianu Rivz esa Miyazaki filmlariga bo‘lgan muhabbatlarini tan olgan.

    Miyazaki asarlari professional hamjamiyat tomonidan ham e’tirof etilgan: 1997-yilda chiqarilgan “Malika Mononoke” unga katta shuhrat keltirdi — Miyazaki Amerikaning “Enni” mukofotiga nomzod bo‘ldi. “Ruhlar olami” filmi 2003-yilda “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritib, Berlin kinofestivalida “Oltin ayiq” mukofotiga sazovor bo‘ldi.

    Miyazakiga kimlar taqlid qiladi va undan ilhomlanadi?

    Miyazaki taniqli rejissyor va animatorga aylangach, u nafaqat o‘zining vatani Yaponiyada, balki xorijda ham ko‘plab yosh mualliflarning ilhom manbayiga aylandi.

    Agar uning ta’siri haqida gapiradigan bo‘lsak, gapni Studio Ghibli’dan boshlash lozim. Studiya filmlarining aksariyati ijodkorlarning o‘zlari tomonidan suratga olingan, ammo so‘nggi paytlarda Ghibli’da boshqa mualliflarning ko‘plab ijod namunalari ham paydo bo‘la boshladi.

    Hayao Miyazaki uslubi va an’analarining asosiy davomchilaridan biri uning o‘g‘li — Goro bo‘lib, uning filmografiyasida Studio Ghibli tomonidan chiqarilgan ikkita to‘liq metrajli kartina — “Yer dengizi ertaklari” (2006) va “Kokuriko yonbag‘irlari bo‘ylab” (2011), 26-qismli anime-serial “Roni — qaroqchi qizi” (2014) va “Aya va jodugar” (2020) ekran yuzini ko‘rgan. Bu filmlarda ham o‘ziga xos rasm chizish uslubi va bir-biriga o‘xshash mavzular — antimilitarizm, ekologiya muammolarini ko‘rish mumkin.

    Xuddi shu studiyada Miyazaki rahbarligida yana bir rejissyor Xiromasa Yonebayashi o‘z iste’dodini yuzaga chiqargan. U “Arieti — Lilliputlar mamlakatidan” (2010) va “Marni haqida xotiralar” (2014) filmlarini suratga olgan, bu animelarda ham Miyazaki ta’siri yaqqol seziladi: qahramon-qizlar, tabiatga muhabbat, sehrli manzaralar. Keyinchalik Xiromasa Yonebayashi studiyani tark etdi, lekin baribir ustozining uslubi bo‘yicha faoliyat yuritishda davom etdi: uning yangi “Mari va jodugar guli” asari uslub jihatdan Miyazakining “Kiki— eltuv xizmati” multfilmiga juda o‘xshaydi.

    Zamonaviy yapon animatsiyasining yana bir ustasi — Makoto Shinkayani (“Soniyasiga besh santimetr”, “Bulutlar ortida” va boshqalar) “yangi Miyazaki” deb atashadi. Uning o‘zi ham ijodida Ghibli asoschisining ta’siri katta bo‘lganini tan oladi. Bu, ayniqsa, uning “Unutilgan ovozlarni tutuvchilar” asarida yaqqol seziladi. Mazkur film va Miyazakining “Haulning yurar minorasi” kartinasi o‘rtasidagi umumiy assotsiatsiyalarni ko‘rish mumkin.

    Miyazaki G‘arb animatorlariga ham yaxshigina ilhom berdi. Misol uchun, Amerikaning Pixar studiyasining taniqli rejissyori, ko‘plab Pixar multfilmlari prodyuseri, “Avtomobillar” va “O‘yinchoqlar tarixi” multfilmlari yaratuvchisi Jon Lasseter ko‘p yillardan beri Miyazaki bilan do‘st bo‘lib, Miyazaki ijodidan hayratlanishi va undan ilhomlanishini ta’kidlaydi. Aynan Miyazaki tufayli u animatsiya nafaqat bolalarga, balki barcha yoshdagi tomoshabinlarga ham yoqadigan universal janr ekanini anglagan.

    Pixar’ning yana bir rejissyori Pit Dokter ham Miyazakining ashaddiy muxlisi hisoblanadi. U hatto ustaning ish jarayonini shaxsan o‘zi kuzatish uchun Yaponiyaga ham kelgan. Dokter filmlarida ham biroz bo‘lsa-da, Miyazaki ta’siri seziladi – uning ham personajlari oddiy odamlar bo‘lmaydi (“Tepaga” multfilmidagi keksa odam), qizlarni asosiy qahramonga aylantirishdan qo‘rqmaydi (“Boshqotirma”) va hatto yirtqich hayvonlar ham mehribon bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib bera oladi (“Maxluqlar korporatsiyasi”).

    Miyazaki suratlarni hech qanday 3D’siz, faqat qo‘l mehnati bilan chizadi

    Hayao Miyazaki sinchkov rassom: u avvaliga o‘z personajlarini kashf qiladi va qog‘ozga eskizini chizadi, shundan keyingina ularni ekranga o‘tkazadi. Shuning uchun ham filmlari ustida butun bir animatorlar jamoasi ishlayotgan bo‘lsa-da, har bir asar uning qo‘li bilan yaratilgan, deyishimiz mumkin.

    G‘arb animatorlaridan farqli o‘laroq, Miyazaki o‘z asarlarida 3D, zamonaviy texnologiyalar va maxsus effektlardan deyarli foydalanmaydi. rejissyor landshaftlar, kundalik hayot va atrofdagi dunyo tafsilotlarini tasvirlashga katta e’tibor beradi.

    Miyazaki filmlari ustida ishlaganda landshaftlar prototiplarini topish uchun ko‘p sayohat qiladi. Misol uchun, “Malika Mononoke” animesini yaratishda u Yaku oroli manzaralaridan, “Haulning yurar minorasi”da esa Fransiyaning Kolmar va Rikevir shaharlari landshaftlaridan ilhomlangan.

    Foto: Yaku oroli va “Haulning yurar minorasi” kartinalaridagi manzaralar

    Miyazakining chizish uslubi hozirgi zamonaviy yapon animatorlariga, ayniqsa, bir qolipdagi anime-seriallar yaratadiganlarga o‘xshamaydi. Uning personajlarining qomatlari to‘g‘ri nisbatlarga ega: katta-katta ko‘zlar, haddan tashqari bo‘rttirilgan tana a’zolari va turli rangdagi soch turmaklari yo‘q. Uning ijodi G‘arb animatsiyasidan sezilarli darajada farq qiladi — Miyazaki ko‘proq sokin va tabiiy ranglardan foydalanadi, u har bir mayda detalga, surat atmosferasini chizishga katta ahamiyat beradi.

    Miyazaki animesining to‘rtta asosiy mavzusi

    Miyazakidan intervyu olgan mashhur kinotanqidchi Anton Dolinning so‘zlariga ko‘ra, rejissyor o‘tgan asrning 80—90-yillaridayoq biz bugungi kunda muhokama qilayotgan ko‘plab zamonaviy ijtimoiy mavzularni oldindan ko‘ra olgan: ekologik muammolar, feminizm, antimilitarizm va dunyoning “oq-qora”ligini qabul qilmaslik.

    Ekologik muammolar

    “Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya”ni eslang: dunyo odamlarga o‘zlarining aybi tufayli ekologik falokat bilan tahdid qilmoqda. “Malika Mononoke”da qurol ko‘targan odamlar daraxtlarni yo‘q qiladi, keyin esa o‘rmon ruhlari bilan jang qilishadi.

    Miyazaki taraqqiyotni unchalik yoqtirmaydi: u smartfonlardan foydalanmaydi, televizor ko‘rmaydi. O‘zining aytishicha, agar Yaponiya qashshoqlashib, ishlab chiquvchilar bankrot bo‘lsa-yu, “yerdan yovvoyi o‘tlar unib chiqsa” rejissyor bundan faqatgina xursand bo‘ladi.

    Hayao Tokorozava shahrida tashkil etilgan National Trust of Totoro qo‘riqxonasiga 3 million dollar xayriya qilgan. rejissyor bir vaqtlar shu shaharda yashagan va “Mening qo‘shnim Totoro” filmi voqealari aynan shu yerda bo‘lib o‘tadi. Tokorozava hozirda Tokioning “sokin tumani” bo‘lib, faollar uni turli xil qurilishlardan saqlab qolishga harakat qilmoqda. Miyazaki National Trust of Totoro’ga akvarelda ishlangan Totoroni sovg‘a qilgan: endi quyonsimon sichqon bu joyning rasmiy ramzi hisoblanadi.

    Feminizm

    Miyazaki qahramonlarining aksariyati kuchli, jasur qizlardir va bu Ghibli studiyasining birinchi ishi — “Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya” kartinasidan beri shunday bo‘lgan. Filmda yosh malika urushayotgan xalqlarni yarashtirishga va butun dunyoni qutqarishga intiladi. Bu an’ana uning boshqa asarlarida ham davom etadi.

    “Mening qo‘shnim Totoro”da o‘rmon ruhi faqat ikkita kichik qizgagina ko‘rinadi; “Laputa — samoviy qasr” filmida Sita ismli qiz sirli uchib yuruvchi orolni topishi va dunyoni qutqarishi kerak bo‘ladi.

    “Laputa — samoviy qasr” filmi

    “Ruhlar olami” filmida bosh qahramon nafaqat o‘zini, balki ota-onasini, shuningdek, yosh sehrgarni ham qutqarishi lozim. “Haulning yurar minorasi”da o‘ziga ishonmaydigan qiz kuchli qahramonga aylanadi va hammani – qudratli sehrgar va jodugarlarni, olov jini va hatto dunyoni qutqaradi.

    Miyazakining o‘zi bu haqda shunday deydi: 

    “Mening ko‘p filmlarimda kuchli qahramonlar bor — dovyurak, o‘ziga ishongan qizlar, ular butun qalbi bilan o‘zari e’tiqod qo‘ygan narsa uchun kurashadilar. Ularga do‘st yoki yordamchi kerak, lekin haloskor emas. Men har bir ayol erkaklar kabi qahramon bo‘lishga qodir ekaniga ishonaman”.

    Antimilitarizm

    Miyazaki urushga nisbatan ikki yoqlama munosabatda. Bir tomondan, u urushni har tomonlama qoralaydi va u qanday dahshatli oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatadi. Biz buni urushlarda o‘zini yo‘q qilib yuborishiga oz qolgan insoniyat haqidagi multfilm “Shamollar vodiysidan kelgan Navsikaya”da ko‘rishimiz mumkin.

    Boshqa tomondan, u doimo muammoga turli tomonlardan qarashga harakat qiladi. Shuning uchun u “Shamol ko‘tarilmoqda” filmini Ikkinchi jahon urushi arafasida harbiy samolyotlarni loyihalashtirgan aviakonstruktor Jiro Xorikosiga bag‘ishladi. Anton Dolinga bergan intervyusida rejissyor Italiyada aviakonstruktor Baron Kapronini fashist deb hisoblashlarini, ammo u uchun Kaproni faqatgina “fantazyor va ixtirochi” ekanini ta’kidlaydi.

    Foto: Jiro Xorikosi va “Shamol ko‘tarilmoqda” filmi qahramoni

    Umuman olganda, Miyazaki bolaligidan samolyotlarni yaxshi ko‘rgan: uning otasi samolyot qismlarini ishlab chiqaradigan zavod rahbari bo‘lgan. Shuning uchun Miyazaki uchun parvoz qiluvchi odamlarni yovuz sifatida tasvirlash juda mushkul ish.

    Mutlaq yovuzlikning yo‘qligi

    Hayao Miyazaki filmlarining yana bir muhim jihati shundaki, unda bir yoqlama salbiy obrazlar yo‘q. Hatto jodugarlar, yovuz ruhlar va yirtqich hayvonlar ham mehr yoki hamdardlik ko‘rsatadilar. Masalan, “Haulning yurar minorasi”dagi dahshatli jodugar, keyinchalik mehr va g‘amxo‘rlikka loyiq bo‘lgan zarari tegmaydigan kampirga aylanadi. Yovuz iblis fitratida esa maftunkor sehrgar Houl yashiringan bo‘lishi ham mumkin.

    “Vayronalar jodugari”

    Rejissyor tomoshabinlarni (ayniqsa, bolalarni) dunyoni oq-qoraga ajratmaslikka, yomonlikdan ham yaxshilik topishga harakat qilishga chaqiradi. Eng muhimi, har bir insonning ichki dunyosi murakkab ekanini tushuntirishga harakat qiladi.

    Kinotanqidchi Anton Dolinning ta’kidlashicha, Yaponiyada Miyazakini hamma joyda uchratish mumkin: har bir do‘konda uning o‘zi va qahramonlari tasviri tushirilgan mahsulotlar bor: ro‘zg‘or buyumlaridan tortib, niqoblargacha.

     

    28.12.2024, 15:53   Izoh (1)   777
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Hayao Miyazaki#anime

    Izoh (1)

    Kirish
    1. miyazana07@gmail.com / 29.12.2024, 00:29

      To'g'risi. Anime olami haqida. Umuman Miyazaki haqida yozyotgan jurnalistga gapimni yetkazinglar.
      "Asl san'atni o'zbeklar orasida yoyishga hissa qo'shayotganingiz uchun rahmat"
      Arigatō gozaimasu

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Hayao Miyazakining olti multfilmi namoyish etiladi

    12.11.2014, 14:51

    Jahon kinosining marvaridiga aylangan sevimli “Qor malikasi” multfilmi haqida ko‘pchilik bilmaydigan 20 ta fakt

    12.12.2023, 09:18

    Buyuk yapon animatori Hayao Miyazaki o‘zining ajoyib multfilmlari bilan insoniyatga nima demoqchi?

    17.01.2024, 09:50

    Ghibli studiyasi Hayao Miyazakining “Kiki — eltuv xizmati” animatsion multfilmi asosida retseptlar kitobini chiqaradi

    30.01.2024, 14:35

    Faqat Hayao Miyazaki emas: syujet voqealari har qanday tomoshabinni befarq qoldirmaydigan to‘liq metrajli animelar

    24.04.2024, 09:51

    Faqat bolalar uchun emas: kattalar ham tomosha qilishi mumkin bo‘lgan eng yaxshi multfilmlar

    12.06.2024, 16:20

    Ghibli studiyasi “Mening qo‘shnim Totoro” animesidagi mitti uyni taqdim etdi (video)

    18.07.2024, 17:40

    Kattalar ko‘rishi kerak bo‘lgan eng yaxshi bolalar film va multfilmlari 

    19.07.2024, 12:40

    “Soyuzmultfilm” fondidan: Yangi yilda bolalar bilan tomosha qilish uchun samimiy multfilmlar (video)

    03.12.2024, 16:55
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropa Ittifoqi bitta davlat sababli Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kelisha olmadi

    Dunyo | 16 iyul, 09:53

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Eyfel minorasi ustidagi dronlar va mushakbozlik shousi kadrlari internetni zabt etdi (video)

    Layfstayl | 16 iyul, 09:44

    “Real Madrid” Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini har ikki yilda o‘tkazishni taklif qildi

    Sport | 16 iyul, 09:29

    Qashqadaryoda ikki ayol daryoda cho‘kib halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 09:25

    Isroil druzlarni “himoya qilish” uchun Suriya armiyasiga hujum qildi (video)

    Dunyo | 16 iyul, 09:16

    Putin o‘z shartlari bajarilmaguncha urushni davom ettiradi — Kreml manbalari

    Dunyo | 16 iyul, 09:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.