Isroil hujumi oqibatida G‘azo sektoridagi Indoneziya shifoxonasi direktori Marvan Sultan va uning ayrim oila a’zolari halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yahudiy harbiylari Marvan Sultanning uyiga havo hujumini amalga oshirgan. Marhum tibbiyot sohasida uzoq vaqt faoliyat olib borgan edi.
Bu tibbiyot xodimlarimizga qarshi qilingan jirkanch jinoyat, deydi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Isroil harbiylari hujumga izoh berar ekan, HAMASga aloqador “muhim terrorchi”ga zarba berilgani aytilgan. Hozirda hujum oqibatida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani o‘rganilmoqda.
Indoneziya shifoxonasi urush boshlanganidan buyon bir necha bor hujumlarga uchragan. Shundan so‘ng uning faoliyati to‘xtatilgan edi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda G‘azo shimolida faoliyat yuritadigan kasalxonalar qolmagan. Isroil harbiylari kasalxonalar va gumanitar yordam guruhlarini nishonlarga olib kelmoqda.
Izoh (0)