• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kosmik eraning boshlanishi uchun muhim sinov: amerikalik uchuvchi qanday qilib 31 km balandlikdan Yerga sakragan edi?

    1960-yilda amerikalik harbiy uchuvchi Jozef Kittinjer stratosferaga chiqadi va 31,3 km balandlikdan Yerga sakraydi. O‘shanda uning tezligi soatiga qariyb ming kilometrga yetadi va Jozef hushini yo‘qotadi. Yer sathiga 5 500 metr qolganda uning parashyuti avtomatik ochiladi. Keyinchalik Jozefning rekordini boshqalar yangilashadi. Biroq u stratosferadan Yerga sakragan birinchi inson sifatida tarixda qoladi.

    Bundan bir necha kun oldin avstriyalik taniqli skaydayver Feliks Baumgartner 56 yoshida vafot etdi. U 2012-yilda stratosferaning eng yuqori qismidan, kosmos bilan chegaradan Yerga sakrashni amalga oshirgan va rekord o‘rnatgan edi.

    Garchi stratosferadan Yerga sakrash bo‘yicha Feliks rekordchi hisoblansa-da, bu ishni birinchi bo‘lib u emas, amerikalik harbiy uchuvchi Jozef Kittinjer boshlab bergandi. Kittinjer stratosferadan 1960-yilda sakragan va aynan uning parvozi fazoni o‘zlashtirish uchun amalga oshiriladigan parvozlar uchun muhim sinov bo‘lgandi.

    Insoniyat fazoga ilk bor 1961-yil 12-aprelda parvoz qilgan va u sovet fuqarosi Yuriy Gagarin edi. 1950-yillarning oxirlarida fazoga inson uchirish uchun harakatlar boshlanar ekan, parvoz bo‘yicha mas’ul bo‘lgan kishilarni bir muammo o‘ylantirardi.

    U ham bo‘lsa inson kosmik kema bilan fazoga chiqqanda vaznsizlik holatida maxsus kiyimlar uning tanasini asray olarmikan? Fazogirlarni tayyorlash jarayonida ularning kiyimlari maxsus xonalarda, vaznsizlik holatlarida sinovdan o‘tkaziladi. Biroq atmosferadan yuqorida vaziyat qandayligi insoniyat uchun noma’lum edi.

    Ana shunday vaziyatda amerikaliklar jiddiy bir sinov o‘tkazishadi va shundan so‘ng barcha xavotirlar ariydi. Amerikalik uchuvchi Jozef Kittinjer maxsus kiyim kiygan holda Yer sathidan 30 kilometrdan balandroqdan pastga sakraydi va soatiga qariyb 1 000 km tezlikda pastga tushadi. So‘ng yerga yaqinlashganda parashyutni ochadi.

    Shu sinovda maxsus kiyimlar hatto soatiga 1 000 km tezlikda harakatlanganda ham chidashi ma’lum bo‘ladi va shundan so‘ng fazoga insonni uchirish yo‘lidagi harakatlar tezlashadi.

    Keyinchalik boshqalar Jozefning rekordlarini yangilashdi. Biroq u fazodan yerga maxsus texnikalarsiz uchib tushgan birinchi inson sifatida tarixda qoldi.

    Mahoratli uchuvchi va rekordlar

    1928-yilda tug‘ilgan Jozef Kittinjer 21 yoshga to‘lganda harbiy xizmatga boradi. Uning uchuvchilikka bo‘lgan qiziqishini ko‘rgan komandirlari Jozefni uchuvchilar tayyorlash maktabiga yuborishadi.

    1950-yilda Jozef uchuvchilar maktabini tugatadi va Ramshtayn aviabazasidagi harbiy bo‘linmaga xizmatga boradi. Keyinchalik u parvozlar xavfsizligi bo‘yicha instruktor bo‘lib ishlaydi.

    Keyinchalik 1950-yillar oxirlarida insonni fazoga uchirish harakatlari boshlanganda Jozef aerostatlar sinovlarida ishtirok eta boshlaydi. 1957-yilda u havo shari bilan qariyb 30 km balandlikkacha ko‘tariladi.

    Shundan so‘ng amerikaliklar balandlikdan Yerga sakrash sinovini o‘tkazishga qaror qilishadi va nomzod sifatida Jozefni tanlab olishadi. Tibbiy ko‘riklardan muvaffaqiyatli o‘tgach birinchi sinov sakrashi sanasi belgilanadi.

    Jozef Kittinjer stratosferaga chiqqan aerostat

    1959-yil 16-noyabr kuni Jozef aerostat bilan 23,3 km balandlikka chiqadi va Yerga sakraydi. O‘shanda Jozef halok bo‘lishi ham mumkin edi.

    Jozef Yerga sakragandan so‘ng ko‘p o‘tmay uning muvozanatni saqlovchi kichik parashyutida nosozlik kuzatiladi va uchuvchi Yerga to‘g‘ri tushish o‘rniga aylana boshlaydi. Holat shu darajaga keladi-ki, uning tanasi bir daqiqada 120 marta aylanadi. Shu paytda u hushini yo‘qotadi.

    O‘shanda uning katta parashyuti Yerga yaqinlashganda belgilangan vaqtda avtomatik tarzda ochiladi va hushini yo‘qotgan Jozef Yerga erkin tushadi.

    Garchi birinchi parvoz hayot uchun xavfli bo‘lgan hodisa bilan boshlangan bo‘lsa-da 1959-yil 11-dekabrda Jozef yana Yerga sakrashni amalga oshiradi. Bu safar balandlik 22,7 km edi. Ikkinchi sakrashda muammolar kuzatilmaydi va Jozef eson-omon Yerga tushadi.

    1960-yil 16-avgust kuni Jozef uchinchi sakrashni amalga oshirish uchun osmonga ko‘tariladi. Bu safar u aerostat yordamida qariyb 32 kilometr balandlikka ko‘tariladi. So‘ng Yerga sakraydi. Bu qariyb Yer atmosferasi bilan kosmik balandlik chegarasi edi.

    Jozef 4 daqiqa 36 sekund davomida pastga soatiga 988 km tezlikda uchib tushadi. Yer sathiga 5 500 metr qolganda uning parashyuti ochiladi.

    O‘shanda Jozef bir nechta rekord o‘rnatadi. Jumladan:

    • Yer sathidan eng baland joydan sakrash;
    • Parashyutda eng baland joydan sakrash;
    • Faqat muvozanat saqlovchi parashyut yordamida eng uzoq vaqt tushish;
    • Yerga sakrashda eng baland tezlikka erishish.

    Jozef muvozanat saqlovchi parashyutdan foydalangani uchun xalqaro aviatsiya federatsiyasi uning rekordlarini hisobga olmagan.

    Feliks Baumgartner va Jozef Kittinjer

    Uning eng baland joydan sakrash rekordi 1961-yilda Makkolm Ross va Viktor Prater tomonidan yangilanadi. Biroq Jozefning eng baland joydan parashyutda sakrash va eng yuqori tezlikda tushish rekordlarini 52 yil davomida hech kim yangilay olmaydi. Faqat 2012-yilda avstriyalik Feliks Baumgartner ularni yangilaydi.

    Keyingi sinovlar va Vyetnam urushi

    Jozef stratosferadan sakragandan so‘ng endi amerikaliklar boshqa sinov o‘tkazishga qaror qilishadi. Bu safar Jozef bir muddat balandlikda turib berishi kerak edi.

    1962-yil 13-dekabr kuni u astronom Uilyam K. Uayt bilan birga aerostatda 25 km balandlikka chiqishadi. So‘ng o‘sha yerda 18 soat vaqt o‘tkazishadi. Bu paytda amerikaliklar uning tanasidagi o‘zgarishlarni kuzatib turishadi. 14-dekabr kuni u sherigi bilan pastga qaytib tushadi.

    1960-yillarning birinchi yarmida Hindixitoy yarim orolida joylashgan Vyetnamda sotsialistik va kapitalistik tuzum tarafdorlari o‘rtasida urush boshlanadi. O‘shanda AQSH sovetlar Vyetnamda sotsialistik tuzum o‘rnatishini oldini olish uchun bu davlatdagi sodir bo‘layotgan fuqarolar urushiga aralashadi.

    Vyetnamga ko‘p sonli AQSH harbiylari kiritiladi va ular mamlakat janubida joylashgan kuchlarga yordam bera boshlaydi. O‘sha paytda Jozef ko‘ngilli ravishda Vyetnamga boradi va bir muddat harbiy harakatlarda qatnashgach ortga qaytadi. Ko‘p o‘tmay u yana urushga qaytadi. Shu tariqa u Vyetnam urushida uch marta ko‘ngilli sifatida ishtirok etadi.

    Jozef Kittinjer Vyetnam urushida

    Jozef Vyetnamda asosan McDonnell Douglas tomonidan ishlab chiqarilgan harbiy samolyotlardan foydalanadi va qariyb 500 marta jangovar parvozlarni amalga oshiradi.

    U Vyetnamga uchinchi marta 1971-yilda qaytadi va qiruvchi eskadrilyalarning biriga komandirlik qiladi. 1972-yil 11-may kuni Jozef va Uilyam Reych Vyetnam shimolida jangovar parvozni amalga oshirayotganida ularning samolyotini shimolliklar urib tushirishadi.

    Ikki uchuvchi katapulta qilishadi, biroq uzoqqa qocha olishmaydi va qo‘lga tushishadi. Shimolliklar ularni Xanoy shahridagi turmaga joylashadi. Jozef turmadaligida bir marta qochishga urinadi va biroq bu ish muvaffaqiyatsiz tugaydi.

    Jozef va Uilyam turmada 11 oy yotishgach AQSH va Vyetnam Parijda tinchlik sulhini imzolaydi va shunga ko‘ra ikki tomon harbiy asirlarni almashtirishadi. Jozef va uning sherigi ana shu jarayonda ozod bo‘lishadi. Shundan so‘ng Jozef harbiy harakatlarda boshqa qatnashmaydi va AQSHga qaytadi.

    Keyinchalik Jozef polkovnik unvonini oladi va yana bir necha yil armiyada xizmat qilgach, 1978-yilda iste’foga chiqadi.

    Jozef Kittinjer armiya xizmatidan bo‘shagandan keyin ham turli sinovlarda ishtirok etadi va bir nechta rekordlar o‘rnatadi. Jumladan, 1983-yilda u gaz bilan to‘ldiriladigan havo sharida to‘xtamasdan 3 221 km masofani uchib o‘tadi. Uning bu rekordini haligacha hech kim yangilay olmagan.

    Shuningdek, 1984-yilda Jozef havo sharida yolg‘iz o‘zi Atlantika okeanini kesib o‘tadi. O‘shanda u AQSHning Men shtatida joylashgan Karibu shahridan havoga ko‘tariladi va Italiyaning Savona shahriga qo‘nadi. O‘shanda u 4 kunda 5 700 km masofani uchib o‘tadi va bu ham hanuzgacha hech kim takrorlay olmagan jahon rekordi hisoblanadi.

    Jozef Kittinjer kosmosni o‘zlashtirish va aviatsiya rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek Vyetnam urushidagi qahramonliklari uchun juda ko‘p mukofotlarga loyiq ko‘rilgan.

    Shuningdek, Oralando shahrida Jozef Kittinjer nomida aviatsiya parki ochilgan. Bu parkda u boshqargan samolyotlar va boshqa texnikalar, havo sharlari qo‘yilgan.

    Feliks Baumgartner va Jozef Kittinjer

    Kittinjerning rekordini 2012-yilda avstriyalik Feliks Baumgartner yangilaydi. U stratosferaga chiqib 39 km balandlikdan Yerga sakraydi. Aytgancha, o‘shanda Feliksga Jozef maslahatchi bo‘ladi.

    Hayoti davomida ko‘p marta o‘lim bilan yuzma-yuz kelgan va turli sinovlardan omon chiqqan Jozef uzoq umr ko‘rdi va 2022-yilda 94 yoshida vafot etdi.

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    25 iyul, 15:05   Izoh (0)   1539
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Jozef Kittinjer

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    K-pop yulduzlari va koreys aktyorlarining eng qimmat avtomobillari

    Shou-biznes | 2 avgust, 11:55

    Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:49

    AQSH va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

    Dunyo | 2 avgust, 11:35

    “Real” Mbappening o‘rinbosari kim bo‘lishi borasida bir qarorga kelmagan

    Sport | 2 avgust, 11:20

    Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 11:15

    Turk seriallari yulduzlarining rashkchi turmush o‘rtoqlari tufayli yuzaga kelgan mojarolar

    Kino | 2 avgust, 10:50

    Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qo‘lga olindi (video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.