Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ostonada O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyevani qabul qildi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 5-avgust kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ittifoqchi va strategik xarakterini qayd etib, oliy va yuqori darajadagi siyosiy muloqotni samarali kengaytirish uchun prezident ma’muriyatlari o‘rtasida yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.
Axborot, mafkuraviy, madaniy-gumanitar va maʼrifiy sohalarda, shuningdek, yoshlar siyosati sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Prezident, shuningdek, Ostonada “Zakovat” xalqaro intellektual o‘yinlari o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatladi va bu kabi tadbirlar xalqlarning madaniy yaqinlashuvida muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.
Izoh (0)