• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi bo‘yicha Federal qidiruv byurosi hujjatlarini oshkor qildi. Bu haqda Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard ma’lum qildi.

    Foto: BBC
    Foto: BBC

    Qotillikdan qariyb 60 yil o‘tib, u bilan bog‘liq 230 mingdan ortiq hujjat e’lon qilindi. Ular shaxsiy hayot daxlsizligini saqlash maqsadida minimal darajada tahrirlangan. Hujjatlar orasida FQB tergov tafsilotlari va ichki yozishmalar ham mavjud.

    Martin Lyuter King 1968-yil aprel oyida Tennessi shtatining Memfis shahrida, 39 yoshida o‘ldirilgan. Uning o‘limi butun AQSH bo‘ylab noroziliklar va ommaviy tartibsizliklar to‘lqinini keltirib chiqargan. Suiqasd uchun ayblangan Jeyms Erl Rey hibsga olinib, 99 yillik qamoq jazosiga hukm etilgan. Ammo u 1998-yilda qamoqda vafot etgan. Kingning farzandlari esa uning haqiqiy qotil bo‘lganiga shubha bilan qaraydi.

    Kingning hayot bo‘lgan ikki farzandi — 67 yoshli Martin III va 62 yoshli Bernis King — otalarining o‘ldirilishi “o‘nlab yillar davomida jamoatchilik e’tiborini tortib kelayotgan voqea” ekanini aytgan. Biroq ular bu masalaning “shaxsiy va murakkab tarixiy jihatlariga” e’tibor qaratilishi kerakligini ta’kidlagan. Ular hujjatlarni to‘liq tarixiy kontekstda ko‘rib chiqish zarurligini bildirgan.

    Kingning o‘limi ko‘plab fitna nazariyalarini keltirib chiqargan. Ba’zi taxminlarga ko‘ra, suiqasd nafaqat bir shaxs, balki uyushgan guruhlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.

    Tramp 2025-yil yanvar oyida AQSHning 35-prezidenti Jon Kennedi, uning ukasi — sobiq bosh prokuror Robert Kennedi va inson huquqlari himoyachisi Martin Lyuter King suiqasdlari bilan bog‘liq barcha materiallarni to‘liq oshkor qilish bo‘yicha farmoyish bergan edi. U bu va’dani birinchi prezidentlik davrida ham, ikkinchi saylovoldi kampaniyasida ham aytgandi. Siyosatchi qotilliklar bilan bog‘liq ma’lumotlarni oshkor qilish “jamoatchilik manfaatiga javob berishi”ni qayd etgan.

    AQSHdagi shov-shuvli siyosiy qotilliklar

    ♦ Jon Kennedi AQSH prezidenti etib saylanganidan ikki yil o‘tgach, 1963-yil 22-noyabrda Dallasga rasmiy tashrifi chog‘ida otib o‘ldirildi.

    Qotillikda gumonlanib sobiq dengiz piyodasi Li Harvi Osvald qamoqqa olindi. U uch kundan so‘ng tungi klub egasi Jek Rubi tomonidan otib o‘ldirilgan. Rubi keyinchalik qamoqxonada vafot etgan

    ♦ Jonning ukasi Robert Kennedi AQSH bosh prokurori (1961-1964) va Nyu York shtati senatori (1965-1968) lavozimlarida ishlagan. U demokratlardan prezidentlikka nomzodini qo‘ygan va 1968-yil 5-iyunda Los Anjelesda saylovoldi kampaniyasi davomidagi mitingda otib o‘ldirilgan.

    Jinoyat sodir etilgan joyda falastinlik Serxan Serxan qo‘lga olingan. 1969-yilda u o‘lim jazosiga hukm qilingan, keyinchalik hukm umrbod qamoq jazosiga o‘zgartirilgan.

    ♦ 1968-yil 4-aprelda Tennessi shtatining Memfis shahrida qora tanlilar huquqlari harakatining yetakchisi, ruhoniy Martin Lyuter King o‘ldirildi. Uning: “Men orzu qilamanki, to‘rt farzandim bir kun kelib teri rangiga emas, balki shaxsiy fazilatlariga qarab baholanadigan mamlakatda yashaydi”, degan mashhur iborasi ommalashgandi.

    Martin Lyuter Kingni o‘ldirgani uchun ilgari bir necha bor sudlangan Jeyms Erl Rey 99 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilingan. U 1998-yilda qamoqxonada vafot etgan.

    22 iyul, 10:05   Izoh (0)   1312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Martin Lyuter King#Kennedi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.