“Paxtakor” jamoasi futbolchisi Muhammadali O‘rinboyev “Antverpen” klubi aʼzosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

20 yoshli futbolchi “Antverpen” bilan 2029-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma tuzdi.

Maʼlumot uchun, Muhammadali O‘rinboyev joriy mavsum “sherlar” safida 14 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

“Antverpen” Belgiyaning 5 karra chempioni hisoblanadi.
Izoh (0)