Apple Music musiqiy striming xizmati o‘zining 10 yilligi munosabati bilan top 500 ta taronani e’lon qildi. Bu haqida Variety yozmoqda.

Reytingda birinchi o‘rinni Ed Shiranning Shape of You treki egalladi. Ushbu qo‘shiq 2017-yilda chiqdi va darhol butun dunyo bo‘ylab tinglashlar soni bo‘yicha rekordlarni yangiladi.
Ikkinchi o‘rinni The Weeknd musiqachisining Blinding Lights treki egalladi, undan keyin Dreykning God’s Plan qo‘shig‘i uchinchi o‘ringa loyiq deb topildi..
Reytingning birinchi o‘ntaligi quyidagicha ko‘rinishga ega:
- Shape of You — Ed Sheeran
- Blinding Lights — The Weeknd
- God’s Plan — Dreyk
- Sunflower (Spider-Man: Into the Spider-Verse) — Post Malone, Swae Lee
- Rockstar (feat. 21 Savage) — Post Malone
- One Dance (feat. Wizkid & Kyla) — Dreyk
- SICKO MODE — Travis Scott
- Perfect — Ed Sheeran
- No guidance (feat. Dreyk) — Chris Brow
- Bad guy — Billie Eilish
Top 500 ro‘yxatini havola orqali to‘liq ko‘rishingiz mumkin.
Dreyk nafaqat birinchi o‘ntalikka kirdi, balki ushbu ro‘yxatda eng ko‘p qo‘shiq yozgan musiqachi bo‘ldi — Apple Music’ning top-500 taligiga uning 27 ta qo‘shig‘i kirdi. Qo‘shiqlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinni Teylor Svift egallaydi — uning 14 ta kompozitsiyasi ushbu ro‘yxatdan joy olgan.
Repper Lil Nas X’ning Old Town Road qo‘shig‘i 60-o‘rinni egalladi va eng yuqori baholangan kantri qo‘shig‘iga aylandi. Reytingning eng qadimgi treki Queen guruhining Bohemian Rhapsody bo‘ldi.
Izoh (0)