Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘lishi, pensiya va nafaqalar, ish haqi va stipendiyalar oshirilishi, Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarib, halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlanishi – “Daryo” nashri 3-iyunda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Juda ko‘p miqdorda firibgarlik qilgan o‘zbekistonlik AQSHdan ekstraditsiya qilindi
U jinoyatni O‘zbekistonda sodir etgan va qidiruvda bo‘lgan.
Toshkentda skuter haydovchisi Damas urib yuborishidan halok bo‘ldi
YTH oqibatida avtomobil ag‘darilib ketgan.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha 1,5 mln gektarda o‘rmonlar barpo etiladi
Tog‘ va tog‘oldi hududlardagi 500 gektarda “terrasa” usulida daraxt va buta ko‘chatlari ekiladi.
O‘zbekistonda pensiya va nafaqalar 1-iyuldan, ish haqi va stipendiyalar 1-avgustdan oshiriladi
Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdorlari ham 10 foizga oshadi.
“Yashil makon”ga ajratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi
Loyiha elektron platformasida ochiqlik yanada ta’minlanadi.
“Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi
“Qarz oshdi deb gapiradigan odam O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 115 mlrd dollarga yetganini ham aytib o‘tish kerak”, deydi iqtisodiyot va moliya vaziri.
DXX hajga yuborishini aytib firibgarlik qilgan yana to‘rt kishini ushladi
Ulardan biri 10 kishini aldab, 50 ming dollar olgan.
O‘zbekistonda O‘rmon agentligi tashkil etiladi
Agentlik barcha o‘rmonlarning davlat hisobini hamda davlat o‘rmon kadastrini tuzadi va yuritadi.
Qurbon hayitida Toshkentda jamoat transporti soat 3 dan ishlaydi
Hayit namozini o‘qiydiganlarga qulaylik yaratish maqsad qilingan.
“Mobil aloqa haqi ham kamida 35 ming so‘m”. Jamshid Qo‘chqorov elektr energiyasi narxi past darajada oshirilganini aytdi
“Tariflar oshirilishida hech qanday jiddiy masala ko‘rmayapmiz”, deydi bosh vazir o‘rinbosari.
Toshkentda cho‘kayotgan qizni qutqarib, halok bo‘lgan fuqaro “Jasorat” medali bilan mukofotlandi
Shuningdek, qizaloqlarni qutqarishda jonbozlik ko‘rsatgan “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyev ham medal bilan taqdirlangan.
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchi boshiga sement to‘ldirilgan chelak tashlab yuborildi
O‘zbekiston fuqarosi olgan jarohati sababli vafot etgan.
Samarqandda 18 yashar qiz nega maktab o‘quvchisini “samosud” qilgani aytildi
U o‘rtog‘i bilan birga kelib, direktorga o‘zini bloger deb tanishtirgan.
Suvda cho‘kishning oldini olish: O‘zbekistonda qanday choralar ko‘rilmoqda?
Ikki mingdan ziyod cho‘milish taqiqlangan suv obyektlari aniqlangan.
Bo‘rijarda cho‘kayotgan qizchalarni qutqarib, halok bo‘lgan Abdumannop Samiqovning oila aʼzolariga “Jasorat” medali topshirildi
Shuningdek, “Bo‘rijar” sport majmuasi ishchisi Nurmuhammad Mamasaliyevga ham “Jasorat” medali topshirildi.
Qashqadaryoda 74 ta qoidabuzarlik qilib, qidiruvda bo‘lgan haydovchi ushlandi
U jami 43,4 million so‘m qarzdorlikni to‘lamagan.
Izoh (0)