• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar rad etildi

    SSV O‘zbekistonda bolalar orasida Koksaki virusi avj olayotgani haqidagi xabarlar asossiz ekanini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    “Hozirgacha Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi qoshidagi hamda Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutining laboratoriyalarida Koksaki virusi aniqlagani yo‘q. Demak, yurtimizda mazkur kasalllik keng miqyosda tarqaldi, degan fikrga kelish uchun asos mavjud emas”, degan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.

    Uning bildirishicha, mazkur xastalikni keltirib chiqaradigan virusni dunyoning istalgan joyida uchratish mumkin. O‘zbekistonda ham vaqti-vaqti bilan qayd etiladi. Koksaki virusi uchun maxsus davolash protokollari mavjud va xastalik hech qanday asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketadi.

    Koksaki virusi haqida

    Nurmat Otabekovning tushuntirish berishicha, virusning bunday nomlanishining sababi — ilk bor AQSHning Koksaki shahrida aniqlangan va u enteroviruslar oilasiga mansub, deydi mutaxassis. — Uning 70 dan ortiq turi bo‘lib, asosan, A hamda V turlari uchraydi.

    Kasallik ko‘pincha bolalarda uchraydi. Aniqrog‘i, unga moyil aholi qatlami 3-10 yoshdagi o‘g‘il-qizlar hisoblanadi. Kattalarning xastalanishi esa juda kam kuzatiladigan holatdir. Shuning uchun ham bolalarga xos klinik belgilarni kuzatish mumkin. Ya’ni kasallik tana haroratining keskin oshishi (39-40 darajagacha), bosh og‘rig‘i, uyqisizlik, holsizlik bilan boshlanib, 2-4 kundan keyin isitma asta-sekin pasaya boshlaydi. Shuningdek, oddiy shamollash belgilari, ichakdagi ba’zi bezovtaliklar, jumladan, ich ketishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish kabilar kuzatilishi mumkin.

    Koksaki virusiga uchraganida bolalarning qo‘l va oyog‘ining old qismi hamda og‘zining shilliq qavatida turli toshmalar paydo bo‘ladi. Ba’zi hollarda yutinishning qiyinlashishi, kichik yarachalar paydo bo‘lgani uchun stomatitga xos tomoqda og‘riqlar kuzatiladi. Bu esa isitma ko‘tarilishi va ishtahaning pasayishiga olib keladi.

    Ba’zan asosiy belgilarga qo‘shimcha ravishda bosh og‘rig‘i, limfa tugunlarning kattalashishi kabilar ham kuzatilishi mumkin.

    Kasallik, asosan, yoz oylarida bolalar ochiq va umumiy cho‘milish suv havzalaridan foydalanganda va bemorlar bilan bevosita muloqot qilgan vaqtda yuqadi. Xastalikning yashirin davri 2-10 kungacha bo‘lib, ba’zi hollarda 2-5 kun davom etadi.

    Nurmat Otabekov zinhor o‘zboshimchalik bilan bemorga bakteriya va virusga qarshi preparatlarni berish kerak emasligini, sababi Koksaki virusiga bu dori vositalari umuman ta’sir qilmasligini bildirib o‘tdi. Agar bolada klinik belgilar paydo bo‘lib, ular og‘irroq kechayotgan bo‘lsa, u holda tibbiyot xodimlariga murojaat qilish va spesifik davolash choralarini ko‘rish kerak.

    2025-yil boshlarida esa O‘zbekistonda o‘tkir respirator virusli infeksiyalar avj olgani haqida xabarlar tarqalgandi. Nurmat Otabekov xavotirlanishga asos yo‘qligini, mamlakatda mavsumiy respirator kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqarorligini ma’lum qilgandi. Xitoyda HKU5-CoV-2 nomli yangi virus aniqlangani to‘g‘risidagi xabarlar ham rad etildi. 

    11 iyun, 12:17   Izoh (1)   2554
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Koksaki#virus#Nurmat Otabekov

    Izoh (1)

    Kirish
    1. jahongiresonov33@gmail.com / 11 iyun, 13:16

      Bu Nurmat Otabekovni yolg'on gapirib rad etishdan boshqa munosabatini ko'rmadim. Eng achinarlisi rad etgan barcha malumotlari aslida juda to'g'ri,chunki, haqiqatda ham Virus Koksaki yani Turkiya suvchechagi Resbublikamizda 2 oydan beri avj olib yotibdi.

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada bog‘cha va maktablarda yangi virus tarqalmoqda

    04.11.2024, 22:09

    “Dunyoda davolash uchun birorta preparat va vaksina yo‘q” — Xitoyda avj olgan metapnevmovirus yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkinmi?

    8 yanvar, 14:01

    Yemirilgan suyaklar, chiriyotgan ko‘zlar, zaiflashgan xotira: o‘zbekistonliklar koronavirusdan so‘ng qanday asoratlar bilan to‘qnashmoqda?

    30 yanvar, 16:27

    “Xavotirlanishga asos yo‘q” — Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat haqida

    30 may, 12:29

    Sanepidqo‘m yangi xavfli virus tarqalgani haqidagi xabarlarni rad etdi 

    10 iyun, 11:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Mask bilan nizo tufayli uning biznesini barbod qilmasligini bildirdi

    Dunyo | 24 iyul, 23:44

    Qator xorijiy yetakchilar va hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:57

    O‘zbekistonda qaysi qonunlar eng ko‘p o‘qilayotgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 24 iyul, 22:36

    Germaniyada 332 ta inshootdan iborat qadimiy shahar topildi

    Dunyo | 24 iyul, 22:10

    Oleksandr Usikning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi

    Sport | 24 iyul, 22:00

    AQSH Vengriyaga 350 yil avval o‘g‘irlangan qo‘lyozmani qaytarib berdi

    Dunyo | 24 iyul, 21:55

    Tabrizda 75 kunlik suv zaxirasi qolgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 24 iyul, 21:40

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    O‘zbekiston | 24 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.