Italiyada 2-iyun kuni Etna vulqoni otildi. Undan katta miqdorda kul va tutun ko‘tarilmoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

Etna observatoriyasiga ko‘ra, intensivligi ortib borayotgan bir qator portlashlar qayd etilgan. Vulqon otilishining to‘liq ko‘lami hozircha noma’lum. Vulqondan balandligi 6,5 km ga yetadigan ulkan vulqon kuli, gazi va tog‘ jinslari ustuni otilib chiqmoqda.
Etna vulqoni dunyodagi eng faol vulqonlardan biri hisoblanib, uning aktivlashishi tez-tez qayd etiladi. Orol aeroportida parvozlar bekor qilinmagan. So‘nggi aktivlik fevral oyida sodir bo‘lgan va Kataniya aeroporti kul bulutlari tufayli o‘nlab reyslarni boshqa joylarga yo‘naltirgan edi.
Shuningdek, sayyohlar lava oqimlaridan uzoqda bo‘lishi kerakligi haqida ogohlantirilgan. Olimlar avvalroq, Italiyaning Kampi-Flegrey supervulqoni hududida seysmik faollikning kuchayishi haqida ogohlantirgandi. So‘nggi olti oy ichida bu hududda 3000 dan ortiq zilzila qayd etilgan, 2025-yil may oyida esa so‘nggi 40 yildagi eng kuchli 4,4 magnitudali silkinish sodir bo‘lgan. Kampi-Flegrey qadimgi vulqon otilishlari natijasida hosil bo‘lgan keng kalderadir. Vulqon oxirgi marta 1539-yilda faollik ko‘rsatgan.
Ularning ogohlantirishicha, supervulqonning uyg‘onishi global halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Buning oqibatida sayyora “xaosga tushadi”. To‘g‘ridan to‘g‘ri xavf zonasida 4 milliondan ortiq odam, jumladan, Neapol aholisi qolishi mumkin.
Izoh (0)