Islandiyaning Grindavik shahri yaqinidagi Sundhnukur vulqonining kuchli otilishi boshlandi, 3000 dan ortiq aholi zudlik bilan evakuatsiya qilinmoqda. Bu haqda RUV xabar berdi.
Grindavik yong‘in xizmatiga ko‘ra, vulqon otilishi boshlanganidan so‘ng, hududda favqulodda holat e’lon qilingan. Aholini evakuatsiya qilish deyarli yakunlangan. Mutaxassislar magma oqib chiqayotgan yer yorig‘i 3,9 kilometrni tashkil etishini aytmoqda.
Shu bilan birga, vulqon lavasi juda yuqori — soatiga 6 kilometr tezlikda harakatlanmoqda. Bundan tashqari, Reykyavikda vulqon otilishi bilan bir vaqtda zilzila sodir bo‘lgan, biroq ularning o‘zaro bog‘liqligi hali-hanuz isbotlanmagan.
Izoh (0)