Bir necha soat ichida 10 kiloga semirish yoki 20 yilga qarish mumkinmi? Buni faqatgina kino vizajistlari uddalay oladi. Quyida roli uchun yulduzlardan qaysi biri tanib bo‘lmas darajada o‘zgargani haqida ma’lumot beramiz.
Anya-Teylor Joy
“Furiosa: Telba Maks yilnomalari” filmi nafaqat qahramonlari, balki yorqin o‘zgarishlari bilan ham hayratda qoldiradi. Masalan, Anya-Teylor Joy uchun grim jarayoni juda qiziqarli, ammo ayni paytda hayajonli bo‘lgan:
Sochimni kalga olishlaridan juda xavotirda edim. Ammo rejissyor buning iloji yo‘qligini aytdi, chunki qahramonni hayotining turli yosh bosqichlarida ko‘rsatish kerak edi.
Mazkur rol uchun aktrisa har kuni 4 soat vaqtini vizajist kursisida o‘tkazadi.
Jared Leto
Aktyor filmdagi rollariga hamisha mas’uliyat bilan yondashadi. “Guchchi uyi” kartinasi ham bundan mustasno emasdi. Jared Leto ushbu loyihada rol o‘ynaganini bilmagan bo‘lsangiz, ajablanmaymiz. Uni tanib olish deyarli mumkin emas. Musiqachi dizayner Paolo Guchchi rolini o‘ynaydi. Hatto uning hamkasblari ham grimda Letoni tanimagan.
Syomkaning birinchi kunida Al Pachino meni tanimadi, shuning uchun uning oldiga borib, “Salom” dedim. Aktyor meni u bilan gaplashmoqchi, dastxat olmoqchi bo‘lgan allaqanday italiyalik deb o‘ylabdi. Men unga ikki-uch marta yaqinlashdim, kimdir nihoyat pichirlab: “Bu grimdagi Jared” degan. U esa: “Yo Xudoyim!” deb polga o‘tirib qolgan, deb eslaydi aktyor.
Ostin Batler
Ostin Batler ham suratga olish jarayoniga to‘liq sho‘ng‘ishi bilan tanilgan. Tomoshabinlar uning mas’uliyatli yondashuvini “Dyuna: ikkinchi qism” filmida ham payqashdi. U yerda aktyor yovuz qahramon Feyd-Raut Xarkonnenni o‘ynaydi.
Shafqatsiz psixopat qilichbozga aylanish uchun Ostin grimga 3 soat sarflaydi. Bundan tashqari, u nutqi ustida ishlaydi. Umuman olganda, aktyor xarakterning ta’sirchan va tahdidli ko‘rinishi uchun hamma narsa qiladi.
Kolin Farrell
“Betmen”ning yovuz qahramonlaridan biri — Pingvin ham tahsinga loyiq. Uni Kolin Farrell ijro etgan. Tanqidchilar aktyor ijrosini yuqori baholaydi. Chunki vizajistlar aktyorni tanib bo‘lmas darajada o‘zgartira olgan.
Antagonist obrazini yaratish uchun ularga taxminan 4 soat kerak bo‘lgan. Bora-bora bu jarayon ikki baravar ko‘p vaqtni talab qila boshlagan.
Kris Hemsvort
Kris Hemsvort ham uzoq o‘zgarishlardan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. “Furiosa: Telba Maks yilnomalari”da u yovuz Doktor Dementus rolini o‘ynaydi.
Aktyor uzoq davom etgan grim jarayoni qiyin bo‘lganini tan oladi. U grim kursisida ko‘p vaqt o‘tkazishni yoqtirmasdi. Biroq keyinchalik Kris buning ham ijobiy tomonini topadi:
Men grimyor kursisida taxminan to‘rt soat o‘tirdim — bundan juda jahlim chiqdi. Ammo bu suratga olish maydonchasida juda ko‘p yordam berdi: ich-ichimdan g‘azab paydo bo‘laverdi, — deydi u.
Izoh (0)