Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi va “SHHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Ostona shahriga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/07/03/1-1YVgar-a.jpg)
Ostona xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
![](/static/2024/07/03/3-SAnMEH5l.jpg)
Bugun O‘zbekiston prezidenti xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.
![](/static/2024/07/03/3-OjxKhHnv.jpg)
Ertaga Shavkat Mirziyoyev sammit ishida qatnashadi.
Izoh (0)