• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda chiqindidan yoqilg‘i olish bo‘yicha yangi loyiha amalga oshiriladi

    O‘zbekistonda xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha Saudiya Arabistoni va Fransiya kompaniyalari bilan hamkorlikda loyiha amalga oshiriladi.

    Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

    Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining ma’lum qilishicha, Saudiya Arabistonining Vision International Investment (VIIC) va Fransiyaning Suez international kompaniyalari bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi.

    Mazkur bitim xavfli sanoat chiqindilarini boshqarish bo‘yicha istiqbolli loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni ko‘zda tutadi. Loyihaning umumiy qiymati 78 million AQSH dollariga teng bo‘lib, uch bosqichda amalga oshiriladi:

    • birinchi bosqichda chiqindilarni barqarorlashtirish va poligonlarga joylashtirish majmualari hamda mintaqaviy uzatish stansiyalarini yaratish ko‘zda tutilgan;
    • kkinchi bosqichda chiqindidan yoqilg‘i olish (RDF — Refuse-derived fuel) uskunasi, yoqish inshootlari va issiqlik bilan ishlov berish korxonasining muhandislik oldi loyihasini ishlab chiqish va tajriba asosida sinovdan o‘tkazish rejalashtirilgan;
    • uchinchi bosqichda esa to‘liq miqyosdagi chiqindidan yoqilg‘i olish, issiqlik bilan ishlov berish inshootini barpo etish va ishga tushirish maqsad qilingan.

    Suez International — asosan, suv va chiqindilarni boshqarishga ixtisoslashgan, 160 yildan ortiq tarixga ega Fransiya kompaniyasi. U butun dunyoda suv ta’minoti va tozalash, oqova suvlarni boshqarish, shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash, jumladan, xavfli chiqindilarni boshqarish bo‘yicha yechimlar taklif qiladi. Kompaniya Yevropa, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, Amerika, Afrika va Yaqin Sharq mintaqalarida ko‘plab sanoat tarmoqlariga xizmat ko‘rsatadi.

    Vision International Investment Company  — 2002-yilda Saudiya Arabistonida tashkil etilgan yirik investitsiya xoldingi bo‘lib, 96 milliard AQSH dollari atrofidagi aktivlarni boshqaradi. Faoliyat yo‘nalishlari energetika, infratuzilma, kommunal xizmatlar, suv resurslarini boshqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarish, konsalting hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini qamrab oladi.

    Qayd etilishicha, mazkur bitimlar strategik hamkorlikni chuqurlashtirish, ekologik vaziyatni yaxshilashga xizmat qiladi.

    O‘zbekistonda yiliga 14 million tonna chiqindilar hosil bo‘ladi, lekin ularning atigi 4-5 foizi qayta ishlanadi. Chiqindi poligonlaridan 7 million tonnadan ziyod issiqxona gazlari atmosferaga chiqadi, 43 ming tonna zaharli filtratlar yer ostiga singadi. Chiqindilarni qayta ishlash orqali ham uning tabiatga ta’sirini kamaytirish, ham foyda olish mumkin.

    O‘zbekistonda birinchi marta chiqindidan qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish 2022-yilda yo‘lga qo‘yilgan. U Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida joylashgan. Yangi zavodning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 ming tonnani tashkil etadi.

    Prezident farmoniga ko‘ra, 2026-yildan boshlab chiqindi poligonlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi taklifiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan tashkil etiladi. Mamlakatda mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. 

    Davlat rahbari 2024-yilning oktyabrida maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishganida “Chiqindilar to‘g‘ri to‘planib, ko‘proq qayta ishlansa, ekologik muvozanat yaxshilanadi, tabiat toza bo‘ladi, jamiyat o‘zgaradi”, deb aytgandi. 

    23 iyun, 09:57   Izoh (0)   1529
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #chiqindidan yoqilg‘i#chiqindi poligonlari

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda birinchi marta chiqindidan qattiq yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

    29.11.2022, 16:00

    Eng ozoda mamlakat — Shveysariya chiqindilardan qanday qilib pul ishlaydi?

    26.12.2023, 15:40

    Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishi kutilmoqda

    06.08.2024, 17:39

    Shavkat Mirziyoyev chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalar bilan tanishdi

    21.10.2024, 15:38

    O‘zbekistonda qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

    25 mart, 15:50

    O‘zbekistondagi chiqindi poligonlari hududida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

    26 mart, 11:05

    O‘zbekistonda chiqindi tozalash xizmatlaridan qancha tushum bo‘lgani ochiqlandi

    4 iyun, 18:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.