• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Kelasi oy uchun 20 mln so‘m berib tur deydi”. Sherzod Kudbiyev o‘z xodimlari oldindan soliq undirayotganini qoraladi

    O‘zbekistonda tadbirkorlardan kelasi oy yoki chorak uchun oldindan soliq undirish amaliyoti mavjud. Bu haqda joriy yil 27-iyun kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev maʼlum qildi.

    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    Foto: Savdo-sanoat palatasi

    Sherzod Kudbiyev respublikada soliq tushumlari oshayotgani, shunga qaramay baʼzi soliqchilar oldindan pul undirishga urinayotganini qoraladi.

    “Soliq tushumlarida shu yilning olti oyida o‘tgan yil mos davriga nisbatan kamida 25 foiz o‘sish bo‘ladi. Haligacha ayrim soliq organlarida tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, ‘5, 10, 20 million so‘m o‘tkazib tur, keyingi oy hisobidan hozir avans berib tur’, degan masalalar turibdi. O‘zimning xodimlarimga: ‘hoy baraka topgurlar, soliq tushumi o‘zi 25 foiz o‘syapti, mayli bu 24 foiz bo‘laqolsin. Bizni 30–40 foiz qilasan degan topshirig‘imiz yo‘q-ku’, deyman”, dedi qo‘mita rais.
    Sherzod Kudbiyev
    Sherzod Kudbiyev
    Foto: Soliq qo‘mitasi

    Sherzod Kudbiyev so‘zi davomida hali topilmagan daromad uchun oldindan soliq to‘lash tadbirkorni xafa qilishini aytdi.

    “Kichik biznesdan 10 milliard so‘m pul tushirish uchun 10 million so‘mdan mingta tadbirkordan olish kerak. ‘Bu yerda mingta tadbirkorni qanchalik xafa qilib tashlaymiz? Pulini oldindan olib qo‘ygan bo‘lamiz. Shu ishning nima keragi bor’, deyman. Albatta, kamchilik va xatolarimiz bor. Sekin-asta to‘g‘rilab boramiz. Shu kabi achchiq masalalar bo‘lsa ham aytsanglar, to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Shunda dardlaringizni tushunishni boshlaymiz, ochiqchasiga gaplashishga chaqirib qolamiz”, deya tadbirkorlarga murojaat qildi tashkilot rasmiysi.

    “Daryo” avvalroq oldindan soliq undirish amaliyotining xatarlari to‘g‘risida maqola eʼlon qilgandi. Tahlilda tadbirkor soliqchilar bosimidan qo‘rqib, aylanma mablag‘idan ortiqcha soliq to‘lashga majbur bo‘lishi yozilgan. Bunday norasmiy va noqonuniy xatti-harakat ortidan iqtisodiy vaziyatni real baholash imkonsiz holga kelishi qayd etilgan. Shuningdek, biznes, ishlab chiqarish va raqobat darz ketishi mumkinligi taʼkidlangan. Eng yomoni, aylanma mablag‘laridan hali olmagan foydasi uchun soliq to‘lagan tadbirkorda qiyin moliyaviy ahvolga tushib qolish ehtimoli borligi tahlil qilingan.  

    Soliq kodeksida yozilishicha: “ortiqcha undirilgan soliq summasi — soliq organlarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari natijasida ortiqcha to‘langan soliq summasi” hisoblanadi.

    29 iyun, 18:35   Izoh (0)   3746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Sherzod Kudbiyev#soliq#Soliq qoʻmitasi#byudjet#daromad

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “QQS pasaytirilishiga qaramay 1-chorakdagi soliq va bojxona tushumlari 10 foizga oshdi” — Sherzod Kudbiyev

    15.06.2023, 17:59

    Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri, Sherzod Kudbiyev Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

    03.08.2023, 12:32

    “Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu, sening tizimingga baho bu” — Shavkat Mirziyoyev Tax Gap tizimini tanqid qildi

    18.08.2023, 14:41

    Soliq qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 

    10.01.2024, 08:42

    O‘zbekistonda korxonalar reytingi yaratildi. Yangi tizim qanday ishlaydi?

    01.02.2024, 20:14

    “AAA” reytingdagi tadbirkorlarga soliq tekshiruvi o‘tkazish buyrug‘i shakllantirilmaydi” — Sherzod Kudbiyev

    13.02.2024, 21:10

    Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona soliq boshqarmalari boshliqlari o‘rinbosarlari ishdan olindi

    05.07.2024, 14:26

    “Daryo” dayjesti: 5-iyulning eng muhim xabarlari

    05.07.2024, 22:00

    Gulistonda QR-kodli chek so‘ragani uchun bolaga tarsaki tushirgan do‘kon sotuvchisi 15 sutkaga qamaldi

    22.07.2024, 18:16

    Shavkat Mirziyoyev davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi 

    24.08.2024, 19:20

    Soliq qo‘mitasi raisi nomidan Telegram orqali feyk xabarlar yuborilayotgani aytildi

    14.10.2024, 15:20

    Foto: O‘zbekistonda deputatlar saylovida ovoz bergan amaldorlar

    27.10.2024, 15:25

    “Oq oltin” kulfati. O‘zbekiston nega paxta qulligiga mahkum etilgan edi? Tarix, sabablar va oqibatlar haqida

    13.11.2024, 08:00
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezosning “asr to‘yi” Italiya byudjetiga 1 mlrd dollardan ortiq daromad keltirdi

    Shou-biznes | 1 iyul, 16:35

    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

    Reklama | 1 iyul, 16:30

    Iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari sezilarli pasaydi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:25

    Britaniya monarxiyasi hukumatdan 118 mln dollar mablag‘ oladi

    Dunyo | 1 iyul, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 16:17

    Ramzan Qodirov o‘g‘lining to‘yiga qaysi davlatlarning elchisi kelganini aytdi

    Dunyo | 1 iyul, 16:05

    Instagram: nikohdan o‘tgan Shahlo Alijonova, ilk marta ota bo‘lgan Umid Iskandarov, yangi uyga ko‘chgan Bobur Mansurov

    Madaniyat | 1 iyul, 15:56

    O‘zbekistonda nogironlar soni bir million nafardan oshdi — Statqo‘m

    O‘zbekiston | 1 iyul, 15:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.