2016-yilda Disney kompaniyasining “Moana” filmida Maui ismli qahramonga ovoz bergan Dueyn Jonson og‘ir kasallikka chalingan qizaloqning orzusini ro‘yobga chiqardi.
Aktyor to‘rt yoshli mitti bemor qizning sevimli multfilmidagi qo‘shiqni kuylab berdi.
Jonson “Make a wish” xayriya jamg‘armasi iltimosiga ko‘ra ushbu videoni Instagram va X ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida e’lon qildi.
Needed to share this "rush" wish with all of you ❤️
— Dwayne Johnson (@TheRock) July 1, 2024
And in return we all can send this little 4yr old girl all the positive vibes and beautiful MANA she deserves and needs right now.
Lily is on home hospice and her wish is for me to sing "You're Welcome"
Lily Guerrero, it's my… pic.twitter.com/lgoF34v1av
Men sizlar bilan baham ko‘rishim kerak bo‘lgan bir iltimosnoma oldim. U “shoshilinch iltimos” deb ataladi. Bu esa vaqt biz tomonda emasligini anglatadi, — dedi Dueyn.
Jiddiy kasallikni boshdan o‘tkazayotgan qizaloqqa hozirda hospisda g‘amxo‘rlik qilinmoqda. U har kuni “Moana”ni sevib tomosha qiladi. Uning otasi xayriya fondiga kichik bir mo‘jiza so‘rab murojaat qilgan edi.
Menga jajji insonning tilagini amalga oshirishga imkon berganingiz uchun katta rahmat. Men sen uchun “You’re Welcome” qo‘shig‘ini o‘zgacha talqinda kuyladim. Umid qilamanki, senga yoqdi. Lili, sen juda ham o‘zgachasan! — deya aktyor qizga yuzlandi.
Izoh (0)