Hande Erchelning xeyterlari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, uning ismi turk yulduzlari orasida eng taniqli bo‘lib bormoqda. Buni ko‘plab mukofotlar, sodiq obunachilar, shuningdek, aktrisaning Gollivuddagi hamkasblari bilan birgalikda dunyodagi eng go‘zal aktrisalar ro‘yxatiga doimiy ravishda kirishi tasdiqlaydi.
IMDb sayti dunyoning eng go‘zal aktrisalari ro‘yxatini tuzdi.
Margo Robbi, Ana de Armas va Emma Uotson kabi yulduzlar bilan bir qatorda mazkur reytingga kirgan yagona turk ayoli aynan Hande bo‘ldi.
- Margo Robbi
- Sheylin Vudli
- Dilrabo Dilmurat
- Nensi Jevel Makdoni
- Kriti Sanon
- Haniya Aamir
- Ana de Armas
- Emma Uotson
- Ember Xerd
- Hande Erchel
Ma’lumot uchun, “Malikam, endi qara”, “Qalbim eshigini qoq” seriali yulduzi bunday ro‘yxatlarga birinchi marta kirayotgani yo‘q. Ikki yil oldin sun’iy intellekt yordamida tuzilgan ro‘yxatga ko‘ra turkiyalik aktrisalar ichida Hande Erchel 1-o‘ringa munosib ko‘rilgandi. Bundan tashqari, aktrisa Netizens Choice jurnalining “Dunyoning eng go‘zal ayollari” reytingida 7-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)