• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Elektr toki uzilishidan ko‘rilgan zararni qoplash mexanizmi joriy etilishi zarur” — tadbirkor

    O‘zbekistonda elektr taʼminotidagi uzilishlar sabab tadbirkorlar ko‘rgan moliyaviy zararlar qoplab berilishi kerak. Bu haqda 2025-yil 14-iyul kuni kafe-restoran va savdo sohasi vakillari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda tadbirkor Nargiza Ulug‘ova taklif berdi.

    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    Foto: Savdo-sanoat palatasi

    Nargiza Ulug‘ovaning aytishicha, elektr toki tez-tez o‘chirilayotgani sabab biznesga zarar yetkazilmoqda. Bu borada elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxonada masʼuliyat yetishmaydi. Shu sabab aybdor biznes ko‘radigan zararlarni qoplashi kerak.

    “Mening korxonam elektrsiz umuman ishlay olmaydi. Lekin energiya oldindan ogohlantirmasdan o‘chirilmoqda. Keyin esa “avariya bo‘lgan” degan so‘z aytiladi. Bunday jarayon kuniga hatto 10 martagacha takrorlanishi mumkin. Elektr o‘chirilaversa, uskunalarimiz buziladi, sotuvlar yo‘qoladi. Energiya yetkazib beruvchi kompaniya tok uzilishi sabab ko‘rayotgan zararimizni qoplab berishi masalasini ko‘tarmoqchiman. Biz depozitlar asosida ishlaymiz, tijorat tariflari bo‘yicha katta pul to‘laymiz. Shu sababli, men kompensatsiya mexanizmini joriy etishni so‘rayman”, dedi Testo kafesi hammuassisi.
    Nargiza Ulug‘ova  
    Nargiza Ulug‘ova  
    Skrinshot: YouTube

    Kafe-restoran sohasida faoliyat olib boruvchi yana bir tadbirkor Alina Simerman yuqoridagi taklifni qo‘llab-quvvatladi. U poytaxtda elektr taʼminotidagi uzilishlardan ko‘p aziyat chekayotganini aytdi.

    “Biz — oddiy isteʼmolchimiz. Shartnomada elektr energiyasi yetkazib beruvchi korxona tokni uzish uchun oldindan xabar berishi shartligi yozilgan. Shunchaki o‘chirishga haqlari yo‘q. Ular masʼuliyatni his qilmaydi. Biz tushuntiryapmiz — odamlar oyliksiz qolishi mumkin, mahsulotlar buziladi, uskunalar yonib ketyapti. Har kuni sakkiz marta tok o‘chsa, uskuna qanday holatda bo‘ladi, o‘ylab ko‘ring”, dedi restorator.
    Alina Simerman
    Alina Simerman
    Skrinshot: YouTube

    Muloqotda Forish tumanidagi “Karbonat”AJ rahbari Farrux Sodiqxo‘jayev korxonasida gaz o‘chishi sabab yuz bergan muammoga to‘xtaldi. Uning aytishicha, ohak ishlab chiqarishda gaz o‘ta muhim rol o‘ynaydi.

    “Biz uch oylik gaz iste’moli uchun oldindan 4 milliard so‘m to‘lagan edik. Eksport qiluvchi korxona bo‘lganimiz sabab gazni o‘chirishlari mumkin emasdi. Shunga qaramay, gazni o‘chirishdi. Har doim xodimlarga o‘z vaqtida ish haqini berib kelganmiz. Ammo gaz o‘chirilgandan so‘ng, pul oqimida uzilish yuz berdi”, dedi u.
    Farruh Sodiqxo‘jayev
    Farruh Sodiqxo‘jayev
    Skrinshot: YouTube

    Farrux Sodiqxo‘jayev so‘zlariga ko‘ra, gaz ulishi sabab korxona daromadi to‘xtab, xodimlar ish haqlari kechikkan. Keyin ishchilar Mehnat kodeksining 333-moddasiga asosan kompensatsiya undirish bo‘yicha sudga ariza bergan. Oqibatda korxona 8 milliard so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lashga majbur bo‘lgan. 

    “Bir yarim yildan beri manzilma-manzil yurib ariza yozdim, foydasi bo‘lmadi. Ilgari korxonamizda 370 kishi ishlagan bo‘lsa, hozir 50 kishi qoldi. 333-modda juda xavfli”, deydi tadbirkor.
    Foto: Savdo-sanoat palatasi
    Foto: Savdo-sanoat palatasi

    Iqtisodchi Otabek Bakirov muloqotda ko‘tarilgan energetika muammosi bo‘yicha munosabat bildirdi. Tahlilchi “svet” o‘chirganlik uchun energetiklar kompensatsiya to‘lamasligi, ammo ish haqi kechiksa, biznes sindiruvchi kompensatsiya to‘lashga majburligiga eʼtibor qaratgan.

    “Biznes vakillari yana elektr va gaz taʼminotidan ogohlantirishsiz o‘chirishlardan dod deyishmoqda. Uskunalar ishdan chiqishi, xomashyo, zaxiralarning buzilishidan zararlar haqida gapirilmagan gap qolmadi. O‘tgan yili ham bu muammo bir necha bor ko‘tarilgan edi, lekin yechim yo‘q, o‘zgarish yo‘q, natijada vaziyat og‘irlashmoqda xolos. Absurd shuki, ish va xizmat ko‘rsatish to‘xtab qolishi natijasida ishchi-xodimlarga maosh kechiksa, yillik 511 foiz miqdorida kompensatsiya to‘lash kerak. Tasavvur qilayapsizmi, qanaqa ikkiyuzlamachilik? Zarar yetkazayotgan energetiklarga hech qanday javobgarlik yo‘q, lekin tadbirkorlar o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda, energetik uzilishlar ortidan ish to‘xtab, oylik bera olmasa, ishchilari oldida sindiradigan kompensatsiya to‘lashga majbur. Forishlik tadbirkor bilan yuz bergan holat bu kulfat. Lekin shonli energetiklar har kuni yetkazyotgan kulfatning bittasi xolos”, deya fikr bildirgan iqtisodchi.

    Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahrida va viloyatlarda tok o‘chishlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketayotgani sabab qilib keltirilgan. Shu bilan birga, issiq kunlarda avariyaviy holatlar yuzaga kelishi ham elektr energiyasida uzilishlarga olib kelmoqda.

    18 iyul, 19:25   Izoh (0)   1093
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #elektr uzilishlari#elektr energiyasi#gaz#energetika

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tez-tez kuzatilayotgan elektr uzilishlari bo‘yicha izoh berildi

    6 iyul, 11:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.