UFC’ning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni, 36 yoshli amerikalik sportchi Jastin Getji amaldagi chempion Iliya Topuriya bilan jang qilish niyatida ekanligini bildirdi. Championat nashri xabariga ko‘ra, Getji bu bahsni noyabr oyida Nyu-Yorkdagi “Madison Square Garden” arenasida o‘tkaziladigan an’anaviy UFC turnirida amalga oshirishni istamoqda.

Hozirda Topuriya — katta yulduz. Ammo u o‘ziga haddan ortiq ishonmoqda. Men uni noyabrda, “Madison Square Garden”dagi turnirda nokaut qilishdan mamnun bo‘lardim, — deya Getjining so‘zlarini keltiradi Sportskeeda nashri.
Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji oxirgi jangini UFC 313 turnirida o‘tkazgan va unda ozarbayjonlik Rafael Fiziev ustidan hakamlarning bir ovozdan chiqargan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.
Iliya Topuriya esa professional MMA’dagi faoliyatida hali mag‘lubiyat nimaligini bilmaydi va hozirda yengil vazn toifasida UFC chempionlik kamariga ega. Agar Getji–Topuriya jangi rasman e’lon qilinsa, u UFC’da yil yakunidagi eng kutilgan qarama-qarshiliklaridan biriga aylanishi mumkin.
Izoh (0)