• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Shou-biznes

    Gollivudning mashhur bo‘ydog‘i — Leonardo Di Kaprioning yuragini zabt etgan Vittoriya Cheretti kim o‘zi?

    Leonardo Di Kaprioning shaxsiy hayoti 90-yillarning o‘rtalaridan beri jamoatchilikni hayajonga solmoqda. Uning ma’shuqalari ro‘yxatida Jizel Byundxen, Bar Refaeli, Bleyk Layvli va yana o‘nlab taniqli modellar bor. Aytishlaricha, “Titanik” filmi yulduzi 25 yoshdan katta qizlar bilan munosabat qurmas ekan. Biroq bu yozilmagan qoida italiyalik model Vittoriya Cherettiga kelganda ish bermadi.

    Breshiyalik qiz

    Vittoriya 1998-yil 7-iyunda Milan yaqinida joylashgan kichik Breshiya shahrida tug‘ilgan. Otasi Juzeppe Cheretti pol qoplama yotqizish kompaniyasiga egalik qiladi, onasi Francheska esa uy bekasi. 

    Podiumning maftunkor malikasi o‘zini hech qachon go‘zal deb hisoblamaganini tan oladi. 2012-yilda Vittoriya Elite Model Look tanlovida qatnashmoqchi bo‘lganida, aynan Francheska qizini qo‘llab-quvvatlagan. Qiz kastingda ko‘plab chiroyli qizlarni ko‘rib, ketmoqchi bo‘lganida, onasi uni qolishga ko‘ndirgan.

    Aynan shu tanlovda Vittoriya g‘alaba qozonib, birinchi shartnomasini imzolaydi. Dastlabki ikki yil davomida onasi Cherettiga suratga tushish va namoyishlarga hamrohlik qilgan, bu esa ularni juda yaqinlashtirgan. Modelning aytishicha, agar 14 yoshida tasodifan g‘olib bo‘lmaganida, u stomatolog yoki psixolog bo‘lardi. Uning ta’kidlashicha, u doim do‘stlariga bepul psixologik maslahatlar berib turadi.

    Yangi supermodel

    виттория черетти

    Cheretti 2012-yilda Milan Moda haftaligida ilk bor podiumda chiqdi va besh yildan so‘ng uning karyerasida haqiqiy yuksalish sodir bo‘ldi. O‘sha paytda Amerika Vogue jurnali 125 yilligini nishonlayotgan edi va yubiley sonini bezash uchun uni taklif qilishadi. Tadbirdan so‘ng Chanel Beauty kompaniyasi yangi yulduz bilan katta shartnoma imzolaydi.

    2017-yilda Vittoriya har bir mashhur dizaynerning kolleksiyalarini namoyish etadi, shuningdek, Prada, Bulgari, Dolce & Gabbana, Tory Burch reklama kampaniyalarida suratga tushadi. Karl Lagerfeld qorasoch qizni o‘zining ilhom parisi deb atardi.

    Hozirgi kunda Vittoriya Cheretti eng yuqori daromadli modellaridan biri sanaladi. U turli mamlakatlarda 400 ga yaqin namoyishda qatnashgan va Vogue jurnalining 24 ta muqovasida suratga tushgan.

    Leonardo bilan sevgi munosabatlari qanday boshlangan?

    Леонардо ДиКаприо и Виттория Черетти

    Juftlik 2023-yilning may oyida Kann kinofestivalida tanishgan, u yerda aktyor ishtirokidagi “Gulli oy qotillari” filmining taqdimoti bo‘lgan. E’tiborli jihati shundaki, bir oydan so‘ng Vittoriya 25 yoshga to‘lardi — bu yosh Leo yonidagi qizlar uchun odatda munosabatlar tugaydigan payt edi. Ammo bu safar hammasi endi boshlanayotgandi.

    Yoz oxirida juftlikni Los Anjelesdagi kafelardan birida ko‘rib qolishdi. Aktyor va model muzqaymoq yeyishayotgan, oddiy kiyingan va e’tiborni tortmaslikka harakat qilishayotgan edi. O‘shanda bu do‘stona uchrashuvdek tuyulishi mumkin edi.

    Sentyabr oyida Leo va Vittoriya Milandagi Pinakoteka Ambroziana muzeyida suratga tushishdi. Eng muhimi, ularning yonida Di Kaprioning onasi Irmelin Indenbirken ham bor edi. Bu esa munosabatlar ko‘ringanidan ham jiddiyroq ekanligini anglatardi.

    Leo bilan munosabati

    Виттория Черетти намерена стать женой Леонардо ДиКаприо | OK-magazine.ru

    Hozirda sevishganlar bir-biridan ajralmayapti. Ularni moda haftaliklari davomida, Santa Monikaning sokin qahvaxonalarida, hatto Rolling Stones konsertida birga ko‘rishgan.

    2025-yil 27-iyun kuni mashhur juftlik Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga taklif etildi. Cheretti ziyofatga Dolce & Gabbana ko‘ylagida keldi. Bu libosni 2003-yilda xuddi shu Met Gala’da Leonardoning sobiq sevgilisi Jizel Byundxen kiygandi.

    Yaqinda Vogue France jurnali bilan suhbatda Vittoriya Di Kaprio kabi mashhur inson bilan munosabatda bo‘lish oson emasligini tan oldi. Ammo sevgi bo‘lsa, tashvishlanishga o‘rin yo‘q, deb ta’kidladi.

    Unashtiruv haqidagi mish-mishlar

    Раскрыты новые подробности отношений Ди Каприо с супермоделью: «Наконец-то  остепенился» - Газета.Ru | Новости

    2024-yil 27-martda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Vittoriyaning nomsiz barmog‘idagi uzukka e’tibor qaratishdi. Internetda darhol to‘y haqida gap-so‘z tarqala boshladi, biroq ma’lum bo‘lishicha, Cheretti bu uzukni 2022-yil sentyabridan beri, ya’ni Leo bilan munosabatlari boshlanishidan ancha oldin taqib yurgan ekan.

    Di Kaprio bilan munosabatlaridan oldin Cheretti avval ham turmushga chiqqan. U 2020-yilda italiya-amerikalik dijey Matteo Milleri bilan oila quradi, ammo uch yildan so‘ng er-xotin ajrashadi. Manbalarga ko‘ra, model yana nikoh qurish uchun shoshilmayapti. Gollivudning mashhur bo‘ydoq aktyori ham o‘zini kuyovlik rolida tasavvur qilmayapti.

    3 iyul, 15:30   Izoh (0)   1424
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #DiKaprio#filmlar#shou-biznes#Gollivud#supermodel

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Internet foydalanuvchilari Putin roliga DiKaprio o‘rniga boshqa aktyorni taklif qildi (foto)

    13.02.2016, 08:00

    OAV Vaynshteyn va Speysi ishtirokidagi mojaro fonida DiKaprioning xodimlari uchun shartnoma haqida gapirib berdi

    02.11.2017, 10:33

    Ekrandagi muhabbat: bir necha bor sevishganlar rolini ijro etgan Gollivud yulduzlari (foto)

    13.10.2020, 12:59

    Gollivud aktrisasi Jennifer Lourens “Tepaga qarama” komediyasini suratga olish vaqtida jarohat oldi

    08.02.2021, 12:58

    Variety Deniel Kreygni Gollivudda eng ko‘p maosh oladigan aktyor deb atab, boshqa kinoyulduzlar gonorarini e’lon qildi

    20.08.2021, 19:56

    Mashhur filmlardagi afsonaviy rollarni qo‘ldan boy bergan yulduzlar (foto)

    19.10.2021, 14:31

    Do‘stligi vaqt sinovidan o‘tgan mashhurlar (foto)

    10.11.2021, 15:23

    Millionlab tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan, biroq “Oskar” ga munosib ko‘rilmagan Gollivud yulduzlari

    14.03.2024, 14:50

    Gollivud yulduzlarining o‘ziga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan qiyofadoshlari (foto)

    08.11.2024, 16:49

    Gollivudning afsonaviy yulduzlari o‘rnini bosishi kutilayotgan yosh aktyorlar (foto) 

    11 yanvar, 11:25

    Burilish nuqtasi: Aktyorlar hayotini o‘zgartirib yuborgan 7 ta muhim rol

    18 yanvar, 15:50

    “Titanik”dagi Leonardo Di Kaprioning kichik erkatoyi hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    21 fevral, 12:47

    Bu kadrlar tasodifan o‘ylab topilgan: aktyorlarning eng mashhur improvizatsiyalari

    29 may, 14:50

    Leonardo Di Kaprio, Silvestr Stallone va syomka jarayonida jarohatlangan boshqa Gollivud yulduzlari

    24 iyun, 16:05

    Keti Perri va Orlando Blum 8 yillik munosabatdan so‘ng ajrashdi

    25 iyun, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH 12 kunlik urushdan keyin ilk bor Eron neftiga sanksiya kiritdi

    Dunyo | 4 iyul, 10:16

    “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumi 15-iyuldan boshlanadi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 10:09

    Ukraina yuqori martabali rossiyalik zobitni o‘ldirdi

    Dunyo | 4 iyul, 09:31

    O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin

    Sport | 4 iyul, 09:25

    Andijonda profilaktika inspektorini pichoqlagan shaxs qabristondan topildi

    O‘zbekiston | 4 iyul, 09:14

    Tramp Oq uy hududida UFC jangi bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi

    Dunyo | 4 iyul, 09:03

    “Real”ning qayta tug‘ilishi, “Inter”ning tanazzuli va “Al-Hilol” mo‘jizasi: klublar mundiali 1/8 finali xulosalari

    Futbol | 4 iyul, 08:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.