Daryo

Rossiyada og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berildi 

Ular vatanga qaytishi uchun aviachiptalar bilan ta’minlangan

1 daqiqa o‘qish4 229 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi.

Foto: Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi

Unga ko‘ra, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlaridan Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga kelib tushgan murojaatlar asosida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilib, ular vatanga qaytarildi.

Xususan, 2025-yil iyun oyida Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Ufa va Yekaterinburg shaharlarida og‘ir moliyaviy va huquqiy holatga tushib qolgan fuqarolar hamda ularning farzandlari Migratsiya agentligining Rossiya Federatsiyasidagi vakolatxonasi tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilib, tegishli qonun hujjatlari asosida vatanga qaytarildi. 

Ushbu shaxslarga HY-634, HY-9670, HY-9658 va HY-9662 reyslari orqali aviachiptalar Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan ta’minlandi. Migratsiya agentligi xorijda og‘ir holatga tushgan fuqarolarimizga amaliy yordam ko‘rsatishni davom ettirishi ta’kidlangan.

O‘zbekistonga qaytarilgan ayollar

Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar

2024-yil avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. 

Shuningdek, Rossiyaning Tiva Respublikasi Oq Dovurak shahrida vaqtincha ishlayotgan va hujjatlarini yo‘qotgan to‘rt nafar O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar