Goldgenie kompaniyasi Diamond Ecstasy Collection kolleksiyasidan o‘rin olgan korpusi 24 karatli sariq, zangori oltindan yoki platinadan yasalgan iPhone 6 va iPhone 6 Plus smartfonlarini taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”.
Har bir smartfon yuzlab Svarovski kristallari, zumrad, gavhar va boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, har bir mijoz o‘ziga xos naqsh buyurtirishi mumkin.
Kompaniya avvalroq Elton Jon, Viktoriya va Devid Bekxem, Pi Diddi singari taniqli insonlarga gadjetlarning xuddi shunday bezatilgan versiyalarini tayyorlab berganini ma’lum qilgan. Yangi kolleksiyadagi smartfonlarning narxi 15 ming dollardan 3,5 million dollargach bo‘lishi aytilmoqda.
Izoh (0)