Daryo

Qozog‘istonda 33 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

Aqto‘beda avtobusga yuk mashinasi kelib urilgan

1 daqiqa o‘qish35 612 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi. Bu haqda Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2-martga o‘tar kechasi Samara—Chimkent trassasida yuz bergan. Yo‘lovchi avtobusiga yuk mashinasi kelib urilgan. Avtobus Ufadan Samarqand shahriga ketayotgan bo‘lgan.

YTH oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Avtobusdagi 33 nafar O‘zbekiston fuqarosi yo‘lning xavfsiz qismida joylashgan zaxiradagi avtobusga evakuatsiya qilingan.

Qozog‘istonda YTHga uchragan o‘zbekistonliklar

2023-yil dekabrida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 32 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgandi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. 2024-yil sentyabrida Qozog‘istonning Chimkent viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchragandi. Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. O‘sha yilning oktyabrida Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi trassada JAC rusumli avtomobil yo‘l chetidagi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. Avtomobilda jami 10 kishi bo‘lgan, to‘rt nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan. Ular Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar