Daryo

Rossiyadagi YTHda 42 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Yana biri og‘ir jarohatlandi

Avtohalokat Novosibirsk viloyatida ikki yuk mashinasi va yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan. Yuk mashinalarini o‘zbekistonlik haydovchilar boshqargan.

1 daqiqa o‘qish1 470 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiyaning Novosibirsk viloyatida ikki yuk mashinasi va avtomobil ishtirokidagi YTHda 42 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi.

Novosibirsk viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi xabariga ko‘ra, voqea 16-oktyabr kuni soat 01:20 larda yuz bergan. Haydovchi Renault Sandero avtomobilini haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va qarama qarshi yo‘ldan kelayotgan DAF yuk mashinasiga urilgan. Ushbu yuk mashinasi esa haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarama qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Volvo yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda DAF yuk mashinasining 42 yoshli haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Volvo yuk mashinasining turli tan jarohatlari olgan 55 yoshli haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, har ikki yuk mashinasi haydovchilari O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan.

Shuningdek, 16-oktyabrda Rossiyaning Amur viloyatida 48 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan.

Foto: Amursk viloyati transport boshqarmasi

Unda asosan Turkiya fuqarolari, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan ishchilar bo‘lgan. Yo‘lovchilardan biri halok bo‘lgan, 14 kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar