Daryo

Qozog‘istondan qaytayotgan o‘zbekistonliklar YTHga uchradi

Yengil avtomobil va miniven to‘qnashgan

1 daqiqa o‘qish29 140 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Chimkent viloyatida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtomobil YTHga uchradi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Foto: Telegram / Otyrar

Otyrar Telegram kanalida berilgan dastlabki ma’lumotga ko‘ra, Olmaota trassasining yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilayotgan qismida Opel Vectra avtomobili Toyota Alphard’ga borib urilgan.

Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.

“Yana yetti kishi jabrlangan. Ularning barchasi Toyota Alphard salonida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, Qizilo‘rdadan uylariga qaytayotgan bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Bundan avval Rossiyadagi YTHda yetti nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar