Daryo

Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar orasida ikki nafar bola ham bor — TIV

Avtomobildagilarning barchasi Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish19 076 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi trassada sodir bo‘lgan YTH oqibatida olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgandi. Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, qurbonlar orasida ikki nafar bola ham bor.

Foto: Videodan kadrlar

Voqea 16-oktyabr kuni sodir bo‘lgandi. JAC rusumli avtomobil chegaradan o‘tish uchun navbatda turgan yo‘l chetidagi MAN yuk mashinasi orqasiga borib urilgan.

Avtomobilda jami 10 kishi bo‘lgan. 6 kishi halok bo‘lgan, qolgan to‘rt nafar yo‘lovchi Beyneu tuman markaziy kasalxonasiga yotqizilgan. Jabrlanganlarning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholangan.

TIV ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan barcha fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritilgan. Ular Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan bo‘lgan.

“Aqtaudagi bosh konsullik xodimlarimiz ularning qarindoshlari bilan bog‘lanishdi. Bugun ular Qozog‘istonga kelishadi. Yaqin kunlarda jasadlar O‘zbekistonga olib kelinadi. Shifoxonada yotgan to‘rt nafar fuqaromizning ahvoli yaxshi, deb baholanmoqda. Ular shifoxonadan chiqqanlaridan keyin O‘zbekistonga qaytadi”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan bo‘lgan — uch erkak, bir ayol va ikki nafar bola. Bir nafar erkak, ayol va ikki bola kasalxonada.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar