Daryo

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan YTHda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan mashinada jami o‘n nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan. Ularning to‘rt nafari turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan

1 daqiqa o‘qish35 632 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Mang‘istau viloyatidagi Beyneu-Tojen trassasida halokatli YTH sodir bo‘ldi, oqibatda olti nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Yana to‘rt nafar inson jarohat olib kasalxonaga yotqizildi, deya xabar bermoqda “Lada.kz”.

“JAC rusumli avtomobil chegaradan o‘tish uchun navbatda turgan yo‘l chetidagi MAN yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Mashinada jami 10 kishi bo‘lgan. Ulardan to‘rt nafari Beyneu markaziy tuman kasalxonasiga yotqizildi”, deyiladi xabarda.

Foto: Kaztag

Mang‘istau viloyati IIB va sog‘liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga qaytayotgan mashinada jami o‘n kishi bo‘lgan.

Jarohat olgan 4 nafar insonning ahvoli o‘rtacha og‘ir deb baholanmoqda.

Qayd etilishicha, YTH ishtirokchilarining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, transport vositasi ham O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan.

“Voqea haqida O‘zbekistonning Aqtaudagi bosh konsulligiga xabar berildi. Voqea yuzasidan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan, fojianing barcha holatlarini aniqlash ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar