“Adolat” SDP 2025—2029-yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi doirasida “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori bilan faol targ‘ibot kampaniyasini olib bormoqda.
Partiyaning asosiy maqsadi – adolatli va barqaror jamiyat qurish, har bir fuqaroning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat. Partiya ilgari surayotgan yangi tashabbus va takliflari, muhim islohotlarini aholi orasida keng tanishtirish, saylovlarda ularning faol ishtirokini taʼminlashga alohida eʼtibor berib, ommaviy targ‘ibot tadbirlari tashkil etyapti.
Jumladan, kuni kecha Toshkent viloyatidagi Nurafshon Business Cityda “Adolat” SDP tashabbusi bilan “Teng imkoniyatlar va adolatli jamiyat sari!” shiori ostida o‘tkazilgan ommaviy tadbir ishtirokchilarda partiyaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Unda partiya Siyosiy kengashi vakillari, partiya Markaziy apparati va viloyat kengashi xodimlari, ekspertlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Izoh (0)