Daryo

Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiya Ukrainaga harbiy yordam uchun 1,4 mlrd yevro ajratadi

Yangi yordam IRIS-T va Skynex havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklar, zirhli mashinalar, hujumchi dronlar, radarlar va artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi

1 daqiqa o‘qish6 554 ko‘rishlar0 izoh0

Germaniya, Belgiya, Daniya va Norvegiya 2024-yil oxirigacha Ukrainaga 1,4 milliard yevrolik yordam paketini taqdim etadi. Bu haqida Germaniya kansleri Olaf Shols xabar qildi.

Unga ko‘ra, Berlin havo hujumidan mudofaa tizimlarini Kiyevga yetkazishga e’tibor qaratadi.

Foto: AP

“Yangi yordam IRIS-T va Skynex havo hujumidan mudofaa tizimlari, tanklar, zirhli mashinalar, hujumchi dronlar, radarlar va artilleriya snaryadlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi”, dedi Shols Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Berlinda bo‘lib o‘tgan anjumanda.

“Germaniya tomoni avvaldan va’da qilingan 600 million yevro miqdoridagi yordam paketini ham topshirdi”, deya qo‘shimcha qildi Germaniya kansleri.

Avgust oyida nemis ommaviy axborot vositalari Berlin Kiyevga harbiy yordamni kamaytirishga majbur bo‘lganini yozgan edi. Chunki joriy byudjetni rejalashtirishni hisobga olgan holda, bu maqsadlar uchun yangi mablag‘lar berilmagan. Aniqlik kiritilishicha, tasdiqlangan ta’minot amalga oshiriladi, ammo Olaf Shols qarori bilan Germaniya Mudofaa vazirligining qo‘shimcha arizalari qanoatlantirilmaydi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar