“O‘zgidromet” 11—13-oktyabr kunlari qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12—13-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekund gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat
- 11-oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja;
- 12-oktyabrda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 15-20 daraja;
- 13-oktyabrda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11—12-oktyabrda Navoiy viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 11-oktyabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat
- 11-oktyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 22-27 daraja;
- 12-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja;
- 13-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 15-20 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat
- 11-oktyabrda kechasi 12-17 daraja, kunduzi 23-28 daraja;
- 12 oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja;
- 13-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 17-22 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 13-oktyabrda Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat
- 11—12 oktyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja,
- 13-oktyabrda 22-27 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11—12-oktyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 13-oktyabrda yog‘ingarchilik kutilmayd. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10metr/sekund tezlikda esadi.
Harorat
11-oktyabrda kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 12—13-oktyabrda 20-25 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Izoh (0)