• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Kadrda yugurib ketsam ham mayli, deganman” — mashhur operachi oilasida tug‘ilgan aktrisa Jamila G‘ofurova 40 yoshda (foto)

    Asosan, salbiy rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Jamila G‘ofurova mashhur opera xonandasi oilasida dunyoga kelgan. Jamila kinoga juda erta — 16 yoshida kirib kelgan. Kutilmaganda unga omad kulib, xalq mehrini qozongan.

    Onam biz sabab karyerasidan voz kechgan

    Aktrisa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonanda Shukur G‘ofurovning oilasida dunyoga kelgan. Otasi opera xonandasi bo‘lgani uchun ko‘plab san’at vakillari ularning xonadonida mehmon bo‘lishardi. Jamila G‘ofurova ham qo‘shiq aytishga va raqs tushishga qiziqardi.

    Foto: Instagram

    — Onam ham san’at institutida tahsil olgan. Ammo ketma-ket farzandli bo‘lgani va dadamning ko‘p gastrol safarlarida bo‘lgani uchun karyerasidan voz kechishga majbur bo‘lgan. Esimni taniganimdan boshlab raqs tushishni va qo‘shiq aytishni yaxshi ko‘rardim. Ammo ota-onam negadir xonanda bo‘lishimni istashmadi. Hozir musiqa maktabida o‘qimaganimga afsuslanaman.

    Ba’zan buning uchun ota-onamdan ranjigan paytlarim ham bo‘lgan. Onam negadir aktrisa bo‘lishimni orzu qilgan. Shu bois 14 yoshimdan “O‘zbekfilm”da o‘tkaziladigan kastinglarga olib borgan, deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    Sevinch Mo‘minova rolni ilib ketgan

    Aktrisa debyut rolga tasdiqlanishi qiyin kechgani va to‘laroq bo‘lgani uchun bu rolni Sevinch Mo‘minova ilib ketgani haqida so‘zlab bergan.

    Foto: Instagram

    — Birinchi o‘ynagan kinomning o‘zidayoq kasting topshirganman. “Meshpolvon” deb nomlangan bolalar uchun ishlangan filmning kastingidan o‘ta olmaganman. Undan so‘ng 16 yoshimda “Dilxiroj” deb nomlangan filmga Alisher Hamroyev, Sevinch Mo‘minovalar bilan birga kelganman. O‘shanda to‘lachaligim uchun bosh rolga olishmagan.

    “Dilxiroj” filmida kasting ham bo‘lmagan, “Siz qaysi rolga keldingiz”, deyishganida “Bosh rolga keldim, bosh rolni o‘ynayman”, deganman. O‘shanda rejissor “Jamila, agar bosh rolni o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, ozishingizga to‘g‘ri keladi, siz ozgina to‘lachasiz”, degan edi. Haqiqatan ham, to‘lacha qiz edim, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmas edim, biroq kim o‘zini “men to‘laman, bosh rolga ham to‘g‘ri kelmayman”, deb aytadi.

    “Mayli kichkina bo‘lsa ham, rol beringlar, kadrda yugurib o‘tsam ham mayli”, deganim uchun menga Sevinchning dugonasi rolini berishgan edi.

    Foto: Instagram

    Suratga olish ishlari Surxondaryo viloyatida bo‘lgan edi. Tasvirga olish ishlari qirq kun davom etgan bo‘lib, mening rolim dastlabki kunlardayoq o‘tib bo‘lgan, ikki sekundlik rol edi.
    O‘sha filmda gapirgan gapim hozir ham esimda: “Bor, yo‘qol, mishiqi” so‘zlaridan iborat jumla edi. Rolimni o‘ynab bo‘lgandan so‘ng ham ketmasdan, rejissorga “U-bu o‘tib ketadigan joylari bo‘lsa, o‘ynarman”, deb suratga olish maydonchasidan ketmasdan, qirq kun qolganman, deydi Jamila G‘ofurova.

    Syomkalar sabab akademik ta’til olganman

    Jamila G‘ofurova filmlarda epizod rollarni ijro etib yursa-da, maktabni tamomlab san’at institutiga hujjat topshirmaydi. Ammo keyinchalik bu qaroridan afsuslanadi.

    Foto: Instagram

    — Oilaviy sharoitimiz sabab 8 yil deganda Sharqshunoslik institutini tamomlaganman. U institutga nega hujjat topshirganimni haligacha tushunmayman. Ba’zan suratga olish ishlari ko‘payib ketgani yoki boshqa sabablarga ko‘ra akademik ta’til olishimga to‘g‘ri kelardi. Shartnoma asosida o‘qiganman, mendan keyin singlim ham to‘lov asosida o‘qishga qabul qilingan. O‘qishimiz ota-onamga oson kechmagani aniq. Oradan ancha yil o‘tib, 2012-yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirganman. Ammo aktrisalik yo‘nalishida emas, rejissorlik bo‘yicha tahsil olganman, deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    Eng ko‘p olgan gonorarim...

    Aktrisa “Faryod” filmida katta gonorar olgani va shu roli sabab mashinali bo‘lgani haqida so‘zlab bergan. 

    Foto: Instagram

    — Avvallari eng ko‘p gonorar oladigan aktrisa men bo‘lganman. Filmlarda rol ijro qilishim uchun bitta mashinaning pulini olganman, bugungi kunga hisoblaydigan bo‘lsak, o‘sha pulga bitta Spark avtomashinasini sotib olish mumkin edi. U filmning nomini ham aytishim mumkin, film “Uzuk” deb nomlangan edi.

    “Faryod” filmidan juda katta gonorar olganman. “Faryod” filmi yaxshi chiqqani uchun film prodyuserlari, oilaviy kelishgan holda menga Nexia mashinasini sovg‘a qilgan edi. O‘sha Nexia mening birinchi mashinam bo‘lgan edi, deydi Jamila G‘ofurova.

    “Baron” sabab puldan quruq qolganman

    Jamila G‘ofurova salbiy rollarni ijro etishdan qo‘rqmaydigan aktrisalardan biri hisoblanadi. U “Baron” filmidagi roli sabab odamlarning nafratiga uchragani va yaxshigina mablag‘dan quruq qolgani haqida so‘zlab berdi.

    Foto: Instagram

    — “Baron” filmiga taklif etishganda onamga ssenariyni o‘qitdim. Qo‘rqib ketdim, rolni rad etmoqchi bo‘lib turganimda onam “Aktrisa har qanday rolni ijro etishi kerak, nega ikkilanyapsan? Bu rolni ham kimdir ijro etishi kerak-ku”, dedi. Ana shu gapdan keyin rolni ijro etishga rozi bo‘ldim. Ammo film premyerasidan keyin shirinlik firmasidan yaxshigina mablag‘ga reklama taklif etishdi. Rejissor bilan firma rahbarining oldiga borganimizda meni ko‘rib “Yo‘q, bu aktrisa mahsulotlarimizni reklama qilishini istamayman. Axir u jiyanini sotib, opasini o‘ldirgan-ku”, dedi. Xullas, “Baron”dagi rolim sabab yaxshigina mablag‘dan quruq qolganman, deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    O‘zingizga o‘xshamay qolibsiz

    Aktrisa 15 yil avval oila qurgan. Bu nikohdan Shirina ismli qiz farzandli bo‘lgan. Ammo ancha yilgacha turmush o‘rtog‘i bilan ajrashganini sir tutgan. Keyin negadir ekranlarda umuman ko‘rinmay qolgan.

    Foto: Instagram

    — Farzandli bo‘lganimdan keyin ancha to‘lishganman. Bu o‘zimga ham qator noqulayliklarni tug‘dirgan. Shunday kunlar ham kelganki, rejissorlar vaznim ortgani uchun rollar bermay qo‘yishdi. Shundan keyin ozishga jiddiy ahd qildim. Ozganimdan keyin esa “O‘zingizga o‘xshamay qolibsiz”, deganlar ham bo‘ldi. Xullas, odamlarga birdek yoqish qiyin. Muhimi, inson o‘zini sevsa va o‘ziga qulay sharoitda yashasa bo‘ldi, deydi aktrisa Jamila G‘ofurova.

    Erim ko‘chada “zvezda”

    Aktrisa 2020-yili uchinchi bor ona bo‘ldi. Ammo u kunga qadar ommaga oila qurgani haqida sir saqlagan edi. U intervyularining birida turmush o‘rtog‘i san’atdan yiroq sohada faoliyat yuritishi va o‘ta rashkchi inson ekanligi haqida aytib o‘tgandi.

    Foto: Instagram

    — Turmush o‘rtog‘im o‘qimagan, ammo omadli inson. Tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. O‘zim ikkita institutni tugatganim uchun turmush o‘rtog‘im ham tahsil olishini istayman. Uning o‘ziga yarasha olami bor. U ko‘chada “zvezda”.

    Oilamni, farzandli bo‘lganimni sir saqlaganim yo‘q. Faqat ayni karantin avj olgan paytda o‘g‘il farzandli bo‘ldim. Karantin sabab tug‘uruqxonadan ham oddiygina libos va maxsus pardoz-andozsiz chiqishimizga to‘g‘ri keldi. Marosimlarni ham oila davrasida, kamtarona qilib o‘tkazishga qaror qildik. Shu bois bu xabarni e’lon qilishga ham zarurat tug‘ilmadi, deydi aktrisa.

    Foto: Instagram

    Aktrisa ayni kunda nafaqat kinoda, balki teatrda ham faoliyat yuritadi. U Sayfiddin Meliyev rejissorligida tashkil etilgan “Turon” teatr studiyasida ishlaydi.

    11.09.2024, 12:54   Izoh (0)   29956
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Erkaklarga xizmat qiladigan qullarni tarbiyalamang” — 10 yoshida mashhurlikka erishgan, zo‘ravonlikka uchragan va ikkinchi turmushidan baxt topgan Lola 39 yoshda

    05.09.2024, 17:41

    Hamisha namunali bo‘lishga intilgan va rassomga turmushga chiqqan “o‘zbek Kajoli” —  Lola Eltoyeva 52 yoshda (foto, video)

    09.09.2024, 14:54

    Go‘zallik tanlovlarida qatnashish O‘zbekistonga nima beradi? Professional model, “Koinot go‘zali” ishtirokchisi Nigina Faxriddinova bilan suhbat (video) 

    09.09.2024, 21:10

    Botir Qodirov Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li ekani tasdiqlandi 

    11.09.2024, 12:53

    Instagram: Turmushga chiqayotgan Afruza, o‘g‘li o‘ziga o‘xshashini istamaydigan Jasur Umirov, Toshkentga kelgan Nikol Sherzinger

    11.09.2024, 11:45

    32 yoshli Selena Gomes nima uchun farzand ko‘rolmasligini aytdi

    11.09.2024, 10:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Mask Tramp bilan ziddiyatdan so‘ng moliya vaziri bilan mushtlashib ketgan — OAV

    Dunyo | 8 iyun, 10:50

    Polshaning yangi prezidenti Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 8 iyun, 10:20

    “Barselona” xorvat futbolchisini Yamal uchun munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda

    Sport | 8 iyun, 09:49

    Qirg‘iziston O‘sh markazidagi Lenin haykalini olib tashladi

    Qirg‘iziston | 8 iyun, 09:40

    Slovakiya bosh vaziri O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi

    O‘zbekiston | 8 iyun, 09:12

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.