Toshkent shahrining Olmazor tumani Chimboy ko‘chasida 9-sentyabr kuni soat 18:35 larda “Vaz-2104” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, holat tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohat olganlar bo‘lmagan.
Mazkur hodisa yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izoh (0)