Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro Bolalar muruvvat internatida bolalarga nisbatan turli jismoniy zo‘ravonlik holatlari to‘g‘risidagi xabar tarqaldi. Holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergov-tezkor guruhi tuzilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.
Muassasa xodimlariga oid mehnat munosabatlarini tashkil etilishi yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlarga jismoniy zarar yetganligini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, uning natijasiga ko‘ra holatga huquqiy baho beriladi.
Tergovga qadar tekshiruv Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.
Izoh (0)