“O‘zgidromet” 17-aprel, chorshanba kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 daraja, kunduzi 21-23 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Qor ko‘chish xavfi (2000 metrdan yuqorida) bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Avvalroq “O‘zgidromet” joriy hafta boshida kuzatiladigan ob-havo bo‘yicha prognozini e’lon qilgandi.
Izoh (0)