Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Jeyms Xippi 2024-yilda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarida qatnashmaslikka va hukumatni tark etishga qaror qildi. Bu haqda u X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. U o‘z qarorini oilaviy sharoit bilan izohladi.
“So‘nggi bir necha yil ichida hayotimda ko‘p narsa o‘zgardi va men endi siyosatdan voz kechish, oilamni birinchi o‘ringa qo‘yish va boshqa martaba bilan shug‘ullanish vaqti keldi, degan xulosaga keldim”, — deb yozadi u.
Xippi Rishi Sunakni bosh vazir sifatida qo‘llab-quvvatlashda davom etishini qo‘shimcha qildi. Sky News manbasiga tayanib xabar berishicha, Xippi aprel oyida Pasxa bayramlarida Mudofaa vazirligi rahbari o‘rinbosari lavozimini tark etadi.
Nashrning Konservativlar partiyasidagi nomi oshkor etilmagan manbasi vazir o‘rinbosarining siyosatni tark etish qarorini Xippi hukumat mudofaa uchun ajratayotgan mablag‘ning kamligidan noroziligi bilan bog‘laydi.
Izoh (0)