Oltin narxi bir unsiya uchun 2141,79 dollardan oshib, rekord o‘rnatdi. Bu haqda Le Figaro xabar berdi.
Avvalgi rekord 2135,39 dollar bo‘lib, dekabr oyida o‘rnatilgan edi. Yil davomida qimmatbaho metallar narxi 15 foizga oshdi. Oltin narxining oshishiga bir qancha sabablar bor.
“Global iqtisodiy istiqbol, geosiyosiy keskinlik va kutilayotgan foiz stavkalarining pasayishi bilan bog‘liq xavotirlar qimmatbaho metallga bo‘lgan talabni oshirdi, bu esa uning narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. Ushbu omillardan AQSH foiz stavkalari oltin narxiga ta’sir qiluvchi asosiy xavf omili sifatida ajralib turadi”, — deydi ActivTrades brokerlik firmasi tahlilchisi Rikardo Yevangelista.
“Oltin 2022-yil oxirida bir unsiya uchun 30 foizga ko‘tarilib, 1600 dollar atrofida edi, 16 oylik keskin o‘sish qayd etilmoqda”, — deya qo‘shimcha qildi jurnalistlar.
Bunga AQSH Rossiyaga qarshi birinchi sanksiyalarda dollardan foydalanganidan keyin rivojlanayotgan bozorlardagi markaziy bank xaridlari rekord darajaga yetgani sabab bo‘ldi.
Izoh (0)