Amerikalik xonanda, pop qiroli Maykl Jeksonning 1984-yilgi Pepsi reklamasida kiygan charm kurtkasi Londondagi Propstore auksionida sotiladi. Auksion noyabr oyida bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda “Korrespondent.net” nashri.
Kurtka ilgari Uendell Tompson ismli insonga tegishli bo‘lib, uning otasi Maykl Jekson bilan birga ishlagan kosmetolog bo‘lgan. Lot bilan birga Maykl Jekson ushbu kurtkani kiyib, Uendell Tompson bilan turgani aks etgan surat ham qo‘shib beriladi.
1984-yilda Pepsi reklama roligini suratga olish vaqtida pirotexnika vositasi portlaydi va xonandaning sochlari yonib ketadi. Yaxshiyamki, jamoa olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘ladi.
Mutaxassislarning fikricha, charm kurtkaning narxi 230 ming dollardan 460 ming dollargacha baholanishi mumkin.
Shuningdek, kimoshdi savdosiga Emi Vayngauzning You Know I’m No Good klipida kiygan parigi va Jorj Maykl va Areta Franklinning La Rocka deb nomlangan duetida kiygan ko‘ylagi ham qo‘yiladi.
Shuningdek, kimoshdi savdosiga Lost Weekend filmidagi Jon Lennonning kamari va Devid Boveyning Liza Jeyn singlining asl namunasi ham kiritilgan.
Izoh (0)