Tailand shifokorlari COVID-19 ga qarshi dorining noodatiy ta’sirni qayd etdi. Olti oylik bolaga virusni davolash uchun dori berilganidan keyin uning ko‘z rangi vaqtincha o‘zgarib qoldi.
“Frontiersin.org” xabariga ko‘ra, bola kuchli yo‘tal va isitma bilan Bangkok klinikalaridan biriga yotqizilgan. Koronavirus testi musbat chiqqan va shifokorlar bolaga maxsus dori yozib berishgan.
Nashr etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, muolaja boshlanganidan 18 soat o‘tgach, bolaning onasi o‘g‘lining jigarrang ko‘zlari binafsharangga aylanganini payqagan. Qo‘rqib ketgan ayol shifokorlarga murojaat qilgan, ular chaqaloq qabul qilgan dori yaltiraydigan kimyoviy modda ajratishini, u esa ko‘zning shoxpardasida to‘planib qolganini tushuntirgan.
Ta’kidlanishicha, shifokorlar davolanish rejimini o‘zgartirmagan, chunki ular bola organizmida terapiyaning salbiy ta’sirini sezmagan.
Davolanish tugaganidan besh kun o‘tgach, ko‘z rangi normal holatga qaytdi, deyiladi nashr xabarida.
Izoh (0)