• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Dubay malikasi Hayya bintu al-Husayn nima sababdan mamlakatdan qochib ketgan?

    Arab shayxining oilasidan qochish malika Hayyani zamonamizning eng ko‘p muhokama qilinadigan qirollik a’zolaridan biriga aylantirdi. Biz uning hayotining butun tarixini — bolalikdan tortib xalqaro janjalgacha aytib berishga qaror qildik.

    Foto: Getty Images

    “Dono, go‘zal, nazokatli, nihoyatda samimiy va ochiqko‘ngil, — deydi arab nashri Emirates Woman malika Hayya haqidagi ilk taassurotlarini shu so‘zlar bilan tasvirlab. — Hazrati oliyalari tom ma’noda qalbidan nur taratadi, uning yuzida doimo yoqimli tabassum porlaydi. Nazarimda, agar u BMT tinchlik elchisi, Dubay xalqaro gumanitar shahri raisi va shayx hazratlari Muhammad ibn Roshid al-Maktumning rafiqasi kabi muhim rollarni bajarmaganida, u baxt vaziri lavozimiga ideal nomzod bo‘lardi”.

    U Yaqin Sharqdagi eng qudratli ayollardan biri hisoblanadi. Nafaqat boy nasl-nasabi va nufuzli turmush o‘rtog‘i tufayli, balki Hayya chuqur patriarxal jamiyatda ayollar haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirishga katta hissa qo‘shadi. U jahon xayriya tashkilotlari faoliyatida faol ishtirok etadi, ochlik muammosiga qarshi kurashadi, maqolalar yozadi va yordamga muhtojlarning yonidan ko‘z yumib o‘tolmaydi. Ammo hozirda malikaning o‘zi yordamga muhtoj. Keling, 49 yil orqaga qaytaylik va bugun butun dunyo gapirayotgan Iordaniya qirolining qizi haqidagi hikoya qanday boshlanganini eslaylik.

    Otasi bilan o‘tgan baxtli damlar

    Malika Hayya 1974-yil 3-mayda Iordaniya poytaxti Ammanda tug‘ilgan. Uning otasi, marhum Iordaniya qiroli Husayn ibn Talala mamlakatni o‘ta notinch davrda boshqargan, biroq har doim oilasi bilan birga bo‘lishga va bolalar bilan muloqot qilishga vaqt topardi. “Agar maktabga borishimiz shart bo‘lmasa, dadamning ishxonasiga yugurardik, dam olish kunlari esa u har doim “bizniki” edi, — deydi Hayya. — Otam bizni mashinada sayr qildirardi, birga mamlakatni aylanib chiqardik. U bizga o‘zi uchun muhim bo‘lgan joylarni ko‘rsatardi, hayotidan hikoyalar aytib berardi. Enagalar bo‘lmasdi — faqat dadam va biz bo‘lardik”.

    Malika Hayya otasi qirol Husayn ibn Talala bilan 
    Foto: Getty Images

    Qirol farzandlarini hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilishga ham o‘rgatgan. “Agar yo‘l chetida eshakni ko‘rsam, uni uyga olib kelishim mumkin edi. Uysiz itlar, boshpanasiz mushuklar. Bog‘imizda hayvonlarning to‘xtovsiz ko‘payib borayotgan kolleksiyasi bor edi”, — deb eslaydi Hayya.

    Hayotdan juda erta ko‘z yumgan onasi bilan munosabatlari

    Malika Hayya onasi bilan
    Foto: Getty Images

    Malika Hayyaning onasi qirolicha Aliya al-Husayn 1977-yilda harbiy vertolyot halokatida fojiali tarzda vafot etadi. U endigina 28 yoshda edi, qizi esa o‘sha paytda 3 yoshda bo‘lgan. Albatta, o‘sha paytda Hayya nima bo‘lganini tushunmaydi. U suyukli onasini juda sog‘inadi, o‘z farzandlari bo‘lganidagina u yo‘qotishning qanchalik og‘ir bo‘lganini anglaydi. “Men og‘riqli xotiralarni maxsus ‘quti’ga solib qo‘ygan odamlardan biriman —, deb tan oladi u. — 40 yil davomida bundan omon qolishimga o‘zimni ishontirdim. Ammo qizim tug‘ilganda, uni bag‘rimga bosdim va o‘yladim: “Ey Xudo, onam meni qanchalik yaxshi ko‘rgan ekan!”. Ilgari buni tasavvur qila olmasdim, bu haqda o‘ylamasdim ham. Kimdir menga nisbatan shunday his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi mumkinligini tushunib, hayratda qoldim”.

    Qirol Husayn va qirolicha Aliya — malika Xayaning onasi va otasi
    Foto: Getty Images

    Malika Hayya onasiz o‘sganiga qaramay, ular qanchalik o‘xshashligi haqida ko‘p o‘ylaydi. Hayya yoshligida o‘z ishini davom ettirishni — gumanitar loyihalar bilan shug‘ullanishni va muhtojlarga yordam berishni xohlashini tushunadi. “Onam haqiqatan ham qashshoqlikni yo‘q qilish uchun ko‘p ish qildi, gumanitar muammolarni hal qilishda qatnashdi, — deydi Hayya. — Men sog‘liqni saqlash sohasiga qiziqardim, chunki uning so‘nggi safari (xayriya uchun) kasalxonaga tashrif buyurish bo‘lgan”.

    Kelajakdagi g‘alabalarning kalitiga aylangan ta’sirchan sovg‘a

    Foto: Getty Images

    Ota qizining onasi yo‘qligiga ko‘nikishi qanchalik qiyinligini ko‘rib turardi. Hayya 6 yoshga to‘lganda, unga o‘ziga xos sovg‘a — juda kichik toychoqni sovg‘a qiladi (u bu bilan malika hayotidagi eng muhim sevimli mashg‘ulotlariga poydevor qo‘yganini o‘sha paytda bilmasdi). “Toychoqning ham onasi o‘lgandi, shuning uchun u o‘zi mustaqil katta bo‘lishi kerak edi, — deydi Hayya. — Bu juda ta’sirli va intuitiv narsa edi. Aynan shu narsa menga kerak edi. O‘sha kundan boshlab otxonalar men uchun butunlay yangi dunyoga aylandi”.

    Yosh malika bu toychoqning hayotida faol ishtirok etadi. Hayya unga g‘amxo‘rlik qiladi, ishchilarga uning joyini tozalashga, yem berishga va yurishga yordam beradi va mashg‘ulotlarini nazorat qiladi. Tez orada qizning o‘zi ot minish istagini bildiradi. Ammo bu unga juda oson tuyuladi. “Men televizorda “Yil oti” kabi ko‘rsatuvlarni tomosha qilardim, keyin otxonaga yugurib o‘zim mashq qilardim va otdan sakrash bilan shug‘ullanardim. Bu biroz xavfli, ammo qiziqarli mashg‘ulot edi”, — deydi malika.

    Foto: Getty Images

    Keyinchalik Hayya ot sportida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishadi. 13 yoshida u Iordaniya sha’nini xalqaro musobaqalarda himoya qilgan,18 yoshida Panarab o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritib, ushbu musobaqalar tarixidagi yagona ayol g‘olibga aylanadi. Ammo bolaligida otasi sovg‘a qilgan o‘sha toychoq onasidan ayrilgan qizchaning do‘sti bo‘ldi. Jonivor tufayli u o‘z olamiga qamalib olmadi, aksincha, o‘zi uchun yangi ajoyib dunyoni kashf etadi.

    Sevimli uka va ularning beozor sho‘xliklari

    Foto: Getty Images

    Onasining vafotidan keyin malika Hayya ukasi Ali bilan juda yaqin bo‘lib qoladi (bugungi kunda u FIFAning Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimini egallaydi). Uning so‘zlariga ko‘ra, ular egizaklar kabi deyarli ajralmas edi. “Biz har doim hammani ovora qilardik. Bu bizning rejamiz edi”, — hazil qiladi malika.

    Oiladagi tarbiyalashning konservativ usullariga qaramay, Hayya va Ali ko‘pincha belgilangan tartibni buzib, o‘qituvchilarini juda ko‘p bezovta qilishardi. Malika eslagan eng hayratlanarli epizodlardan biri bu otasining mashinasini o‘g‘irlash edi. “U har doim ko‘chada turardi, — deydi u. — Birinchi marta o‘g‘irlaganimizda ukam 5 va men 6 yoshda edim. Kichkina bo‘yim tufayli oyog‘im pedalga yetib bormadi, shuning uchun ukamni rulga o‘tirishga ko‘ndirdim”. Albatta, ular uzoqqa ketisholmay, bir necha metrdan keyin eng yaqin to‘siqqa uriladi. “Ammo bu yana shunday qilishimizga xalaqit bermagan”, — deb kuladi Hayya.

    Foto: Getty Images

    11 yoshida yosh malika Bristoldagi qizlar uchun internat maktab Badminton School’ga yuboriladi. “Bu ajoyib maktab edi, lekin men uyimizni juda sog‘inardim”, — deb tan oladi u. Ukasidan ajralish qiz uchun ayniqsa og‘ir edi. Ali ham Angliyaga — Ascotdagi Papplewick maktabiga o‘qishga yuboriladi. U va opasini atigi 100 milya masofa ajratib turardi, lekin butun o‘quv yili davomida ular faqat xatlar orqali muloqot qilishadi. “Men unga qanday xatlar yozganimni eslayman: “Bir-birimizni ko‘rishimizga besh kun, uch soat va yigirma daqiqa qoldi”. Keyingi maktub esa: “To‘rt kun, uch soat…” degan so‘zlar bilan boshlanardi”, — deydi Hayya. Uning tan olishicha, onasidan ayrilganidan keyin u ukasining taqdiri uchun katta mas’uliyatni his qila boshlagan. Uning qayerdaligini, unga nima bo‘layotganini, uning sog‘lig‘i joyidami yoki yo‘qligini bilish har doim u uchun muhim edi.

    G‘ayrioddiy qizning oddiy hayoti

    Foto: Getty Images

    Darhaqiqat, qirol Husayn farzandlariga yomonlik istamasdi. Qizi va o‘g‘lini yoshligida Buyuk Britaniyaga jo‘natib, ularni mustaqillik bo‘lishga o‘rgatmoqchi bo‘ladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ular “dunyoni, boshqa madaniyatlarni ko‘rishlari va qirollik oilasidan bo‘lmaganlar qanday hayot kechirishini tushunishlari” uchun qilingan. Malika Hayya internatda o‘zini yolg‘iz his qilganmi, degan savolga “Ha, albatta”, deb javob beradi. “Meni hatto mazax ham qilishgan, chunki bo‘yim juda past edi. Bu meni kuchliroq qildi. Ammo barcha sport jamoalarida o‘ynashni boshlaganimdan keyin hammasi joy-joyiga tushdi”.

    Bristoldagi Badminton School’dan so‘ng malika Hayya Dorsetdagi Bryanston School’ga o‘qishga kiradi. Keyin falsafa, siyosat va iqtisod bo‘yicha bakalavr darajasini olgan Oksford universitetidagi Avliyo Hilda kollejida ta’lim oladi. Bugungi kunda Hayya beshta xorijiy til (ispan, ingliz, fransuz, italyan va portugal) erkin so‘zlasha oladi, siyosatni juda yaxshi tushunadi (garchi u siyosiy masalalarni muhokama qilmaslikni afzal ko‘radi) va o‘zi uchun sport bilan shug‘ullanishda davom etmoqda.

    Foto: Getty Images

    Va, albatta, u ko‘p vaqtini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi. U Iordaniyada ochlikka qarshi kurashishni maqsad qilgan birinchi arab nodavlat tashkiloti “Tikyet Um Ali” (Yashash uchun ovqatlaning) asoschisi, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda odamlarga yordam ko‘rsatuvchi Dubay xalqaro gumanitar shahri raisi. Malika BMT tashabbuslarida faol ishtirok etadi va ko‘plab notijorat tashkilotlar boshqaruvida ishlaydi.

    Hayratdan qo‘rquvgacha: arab shayxi bilan kechgan turmushi

    Shayx Muhammad va malika Hayyaning to'yi, 2004-yil aprel
    Foto: Getty Images

    Hayyaning Dubay hukmdori va Birlashgan Arab Amirliklari bosh vaziri Shayx Muhammad bilan tanishish tarixi haligacha keng jamoatchilikka noma’lum. Hatto ularning to‘yi, Sharqda ko‘pincha bo‘lgani kabi yaqinlari davrasida bo‘lgan. 2004-yil aprel oyida Al-Baraka qirollik saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosim mehmonlari orasida faqat eng yaqin qarindoshlar, shu jumladan qirolicha Raniya ham bor edi. Malika Hayya arab shayxining 6-xotini bo‘ladi va turmushining ilk kunlaridanoq erining insoniy fazilatlari uni hayratda qoldiradi. “Har kuni uning qilayotgan ishiga qoyil qolaman”, — degan edi u. — Har kuni shunday insonga rafiqa bo‘lganim uchun Xudoga minnatdorlik bildiraman”.

    2007-yilda ularning qizi Jalila, 5 yildan so‘ng Zayd ismli o‘g‘li tug‘iladi. Bir necha yil oldin arab nashrlaridan biriga bergan intervyusida Hayya bolaning otasidan o‘rnak olishini aytadi: “Zayd otasi Shayx Muhammad bin Roshid Al Maktumni tasavvur ilib bo‘lmaydigan darajada yaxshi ko‘radi. O‘g‘lim ham sahroni sevadi — otasining har bir ishini takrorlaydi. Har oqshom uning hamma kiyimlarini kir yuvishga tashlanishini aytadi, chunki Zaydning cho‘ntaklari doimo kaltakesak va hasharotlarga to‘la bo‘ladi. “Shayx Muhammad ajoyib inson, — deya qo‘shimcha qilgan malika o‘sha paytda. — Uning fikricha, agar bolalar shundan zavqlansa, har kuni loy o‘ynashlari mumkin. Bu ularning immunitetini ham mustahkamlaydi”.

    Ta’sirchan va g‘amxo‘r ona bo‘lgan malika Hayya ikki yashar qizini ari chaqqanda uni yupatolmay qo‘rqib ketadi. O‘sha paytda, uning aytishicha, eri yordamga kelgan. Muhammad xotinini hammasi yaxshi bo‘lishiga ishontiradi va keyin qizini tinchlantirish uchun qo‘lidan kelganini qiladi. Va haqiqatan ham qizcha yig‘idan to‘xtaydi — otasi qizga ba'zida og‘riqni yengish juda muhimligini tushuntiradi.

    Muhammad ibn Rashid al-Maktum, malika Hayya va ularning farzandlari Royal Ascot’da, 2018-yil
    Foto: Getty Images

    Yillar davomida malika Hayya, Shayx Muhammad va ularning yoqimtoy farzandlari namunali oila bo‘lib kelishdi. Ular ko‘p vaqtlarini birga o‘tkazardi, har yili Ascot’dagi poyga kabi ommaviy tadbirlarda qatnashishardi, ular juda baxtli ko‘rinar, har bir intervyusida malika eri uni qanchalik hayratda qoldirganini aytishdan charchamasdi. Xo‘sh, 2019-yil iyun oyida nima bo‘ldi? Nega malika Hayya bolalari bilan eridan yashirincha qochib, boshqa davlatlardan himoya so‘radi?

    Malika Hayya va Dubay amiri Royal Ascot’da , 2014-yil
    Foto: Getty Images

    BBC manbalariga ko‘ra, malika erining boshqa xotinidan bo‘lgan qizi Latifa haqidagi yangi tafsilotlarni bilib qolgani uchun darhol mamlakatni tark etishga qaror qilgan. Eslatib o‘tamiz, qiz bir necha bor mamlakatdan qochishga uringan va otasini unga nisbatan yomon munosabatda bo‘lganlikda ayblagan. Shayx uning barcha ayblovlarini rad etadi. Dastlab malika Hayya eri tomonida bo‘lgan, ammo ko‘p o‘tmay u “Latifaning BAAga qaytishi bilan bog‘liq ba’zi qo‘rqinchli ishlar”dan xabar topadi. Shundan so‘ng u Dubay amirining oila a’zolari tomonidan dushmanlik va bosimga duch keladi. Malika Hayya endi bu uyda o‘zini xavfsiz his qilolmasligini tushunadi va o‘zi ishongan odamlardan himoya qilishni so‘raydi.

    Bir necha yil davomida malika sud orqali ajrashishga va bolalarning vasiylik huquqini himoya qilishga harakat qildi. Zamonaviy sharq ertaklarida voqealar yakuni odatda boshqacha tugaydi, ammo Hayyaning omadi kelib, uning hikoyasi baxtli yakunlandi: yuqori darajadagi sud jarayonlaridan so‘ng u vasiylik qilish huquqi bo‘yicha Dubay amirini sudga berishga muvaffaq bo‘ldi. 2022-yilda Angliya va Uels Oliy sudi oila masalalari bo‘limi amirning sobiq rafiqasi tomonida bo‘lib, unga bolalarning yagona vasiylik huquqini berdi.

    Mavzuga doir: 

    • Hashamatli hayot yoki uy qamog‘i: arab shayxlarining qizlari qanday yashaydi? 
    • Shahzodalarga turmushga chiqib ham baxt topa olmagan mashhur ayollar (foto)
    04.05.2023, 17:30   Izoh (0)   23608
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Milliardga yaqinlashgan ko‘rishlar, million tomoshabin, 114 kunlik konsert. Davron Kabulov “Million”ning 10 yil davomida erishgan yutuqlari haqida (video)

    04.05.2023, 15:30

    “Faoliyatimni ijodning boshqa turi bilan bog‘lash niyatim yo‘q”. Mirkomil Musayev “Million”dan ketish sababi haqida (video)

    04.05.2023, 13:23

    Priyanka Chopra omadsiz plastik operatsiya tufayli ma’lum muddat filmlarda suratga tusha olmagani haqida so‘zlab berdi

    04.05.2023, 12:33

    “Garri Potter” filmi yulduzi Emma Uotson nima sababdan uzoq vaqt davomida filmlarda suratga tushmagani haqida so‘zlab berdi

    04.05.2023, 10:30

    Instagram: Yangi mashina xarid qilgan Jasur Umirov, Lola Ahmedova xonadonida to‘y, Nigina Anorboyeva ona bo‘ladi

    04.05.2023, 09:12

    Mirkomil Musayev hammadan uzr so‘radi, mehmon san’atkor ajablantirdi. “Million”ning YouTube’ga chiqmaydigan yangi konsertidan reportaj (video) 

    03.05.2023, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.