Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan qurilish firmasining 20 nafar ishchisida ovqatdan zaharlanish holati aniqlandi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati.

Qayd etilishicha, qurilish firmasining ishchilari tez tibbiy yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya mikrobiologiya va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul bo‘limiga ovqat toksikoinfeksiyasi shubhasi bilan olib kelingan.

Hozirda bemorlarga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ularning ahvoli qoniqarli darajada.

“Shu o‘rinda yurtdoshlarimizdan sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan mahsulotlarni iste’mol qilmaslik, iste’mol uchun mo‘ljallangan taomlarni tayyorlash va saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi